So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  20 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3

Anvar Berdiev: "Xorazm" jamoasi uy o'yinlarini tezroq tabiiy maydonda o'tkazishlariga tilakdoshman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Xorazm" jamoasi uy o'yinlarini tezroq tabiiy maydonda o'tkazishlariga tilakdoshman"

Teglar :  Anvar BerdievTuron
Pro-liganing 9-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Turon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

- Bugun qiyin uchrashuv o'tkazdik. Albatta, biz bu o'yin qiyin bo'lishini bilardik. "Xorazm" jamoasiga tezroq suniy maydondan chiqib uy o'yinlarini tabiiy maydonda o'tkazishlariga tilakdoshman.

Farg'ona viloyatidan uzoq yo'l bosib kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga jamoamiz nomidan rahmat aytaman. SHuningdek, "Xorazm" jamoasini o'yin davomida faollik bilan ishqibozlik qilgan mahalliy muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman.

- Sizningcha, "Turon" bugun 1 ochko qo'lga kiritdimi yoki 2 ochko yo'qotdimi?


- O'yinning borishidan kelib chiqsak, biz 2 ochko yo'qotdik. CHunki so'ngi daqiqalarda Bobur Qosimovning maydon egalari darvozasiga kiritgan goli inobatga olinmadi. Bu vaziyatda yaqqol gol bo'lgandi, bilmadim, yon hakamlar bu kabi qarorlarni qanday chiqarishadi, xayronman. Qiyin maydonda o'yin o'tkazayapmiz, hakam birgina tushunarsiz qarori bilan yigitlarning shuncha mehnatini yo'qqa chiqardi. To'g'risini aytganda, yigitlarning mehnatiga achinayapman.

- Anvar aka, siz o'z vaqtida mohir hujumchi bo'lgansiz. SHundan kelib chiqib aytingchi, o'zbek futbolida hujumchilar tanqisligiga sabab nima?


- O'zbek futbolida hozir yaxshi hujumchilar bor. Keyingi yillarda ularning soni yanada ko'payadi. Bizga hozirda hujumchilar bilan ishlaydigan alohida murabbiylar zarur. SHunda albatta kelajakda hujumchilar tanqisligi muammosi bartaraf etiladi, ko'plai istedodli hujumchilar etishib chiqadi deb o'ylayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика