So’nggi yangiliklar

20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  0 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  2 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  1 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  0 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  3 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  1 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  0 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  3 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0

Anvar Berdiev: "Oldin futbolda hujumkor o'yin va shijoat bo'lardi. Hozir yutqazmaslikni o'ylashyapti" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Oldin futbolda hujumkor o'yin va shijoat bo'lardi. Hozir yutqazmaslikni o'ylashyapti"

G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining birinchi turida Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.


"Bugungi o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, ajoyib bellashuv bo'ldi. Futbolchilarim o'ylagan rejalarni, vazifalarni bajarishga harakat qilishdi. G'alaba qozonishimiz ham, mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Ikki jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. Durang adolatli natija" - deydi Anvar Berdiev.

- "SHo'rtan" taktik jihatdan juda to'g'ri harakat qildi. CHuqur himoyalangani yo'q. Oldinga chiqib raqibni kutib oldi. Aynan bugun jamoa taktik tanlov evaziga ochko qo'lga kiritdimi?

- Raqib yaxshi paslar bilan o'ynaydi. "Bunyodkor"ga erkinlik bersak bo'lmasdi. Bugun raqibdan kelib chiqib 2 ta hujumchi bilan o'ynadik. O'ylaymanki, biz tanlagan taktika oz bo'lsada o'zini oqladi. 

- Ikkinchi bo'limda qarshi hujumda vaziyatlar yaratdi. "Bunyodkor" tempni oshirganiga qaramay "SHo'rtan" uslubni o'zgartirmadi va raqibga moslashib oldi...

- Futbolchilarimizda charchoq sezilib qoldi. SHuning hisobiga "Bunyodkor" ko'proq hujum uyushtirdi. Xudoga shukurki, himoyachilarimiz o'z ishlarini alo darajada uddaladi. Futbolda bir jamoa hujumni kuchaytirsa, ikkinchi jamoa passiv ko'rinadi. "Bunyodkor"ga Superligada omad tilayman. 

- SHerzod Abduraimov va SHerali Jo'raev bilan xayrlashildi. Jamoada o'yinida tushunarsiz vaziyatlar bo'ldi. Bu ichki muhitga tasir qilmadimi?

- Ular bilan aka-ukadek xayrlashdik. Qatiy qaror qabul qilmasak bo'lmasdi. Bu qolganlarga dars bo'lishi kerak. Futbolchi har qanday holatda o'zini tuta bilishi lozim. Bu ikki futbolchiga omad tilayman. Biz ishlashda davom etamiz. 

- Bitta vaziyatda hujumchingizga etiroz bildirdingiz. O'zbek futbolida so'nggi 5 yillikdagi hujumchilar muammosining sababi nimada? To'purarlarda ham hujumchilar yo'q...

-  Mashg'ulotda ham ishlayapmiz. Ko'p o'yinlarda ancha vaziyatlar yaratmoqdamiz. Lekin golga aylantira olayotganimiz yo'q. Hujumchi har doim oldinga ochilishga harakat qilishi kerak. Hujumchi bir himoyachini aldab o'ta olmasa, uni hujumchilikka loyiq hisoblamayman. O'sha vaziyatda jahlim chiqdi. Bizning o'yinchimiz autni uzoqqa otadi. U erda birga-bir vaziyatga qochib ketsa bo'lardi. Yosh iqtidorlar bor. Ularga erkinlik yaratib berishimiz kerak. Hozir futbolda himoyaviy o'yinga ko'p guvoh bo'lyapmiz. SHuning uchun hujumchilar ko'rinmayapti. 

- Himoyaviy futbol o'zbek futbolining qoniga singib bo'ldimi? Aynan bunday uslubda oldingi chiziqdagi kreativ futbolchilar bor salohiyatini ko'rsata olmayapti...

- Ko'ryapsiz, ko'p jamoalarda murabbiylarga ishonch bildirish, natijani kutishni ko'rmayapmiz. 2 ta turdan so'ng murabbiyni o'zgartirmoqda. Jamoalar maydonga chiqishdan avval birinchi galda yutqazmaslikni o'ylayapti. Oldin hujumkor futbolda qandaydir shijoat bo'lardi. Hech kimni hafa qilmoqchi emasman, hozir shu narsa ko'rinmayapti. "SHo'rtan" bilan buning ustida ishlaymiz. Har doim hujumkor futbol ko'rsatishga harakat qilmoqdamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика