So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  1 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

Anvar Berdiev: "Ochig'i Abduraimovdan bunday harakatni kutmagandim, u bilan shartnomani bekor qildik" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Ochig'i Abduraimovdan bunday harakatni kutmagandim, u bilan shartnomani bekor qildik"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Aral" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- O'zbekiston ahlini kirib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklayman. SHunaqa o'yin bo'lishini kutgandik. "Aral" jamoasi oxirigacha kurashuvchan jamoa. Ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Qimmatli 2 ochkoni boy berdik.


- Bugungi ochko yo'qotilishi omadga bog'liqmi yoki vaziyatlardan foydalana olmaslik bilanmi?


- Hammavaqt omad bilan bog'lash ham to'g'ri bo'lmaydi. Omad kuchlilar tomonida bo'ladi. Vaziyatga shay turish kerak.


- Bugun har ikki jamoa darvozasiga ham o'ng qanotdan tashkil etilgan hujumlar gol bilan yakunlandi. "SHo'rtan"da qanotlar qanday ishladi?


- Yigitlar imkoniyat boricha harakat qilishdi. Lekin xatolar ham uchrab turdi. Futbol 90 daqiqa bo'lsa, gollar soniyalar ichida kiritiladi. O'yindan kelib chiqqan vaziyatlar bo'ldi.


- Jasur Xolto'raevni zaxiraga olinishi sabablari haqida...


- Xolto'raev har ikki bo'limda ham harakat qildi, ter to'kdi. Hujumchi maydonni golsiz tark etishni istamaydi. Bilasizlar, u bizga Superligadan kelib qo'shilgan. Undagi holatni tushundim. Boshqa hujumchilarga ham imkoniyat berishimiz kerak.


- Tabloda 88-daqiqa ketayotgan vaqtda bosh hakam o'yinga 5 daqiqa qo'shib berishdi. Siz bu borada etiroz bildirgandek ko'rindingiz...


- Yo'q, tablodagi vaqtdan kelib chiqib zaxira hakamiga savol berdim. Aytishicha, tablodagi vaqt bilan hakamlar o'yinni boshlagan vaqtda farq yuzaga kelgan. Tabloni ertaroq yoqib qo'yishgan. Bu o'yinga tasir ko'rsatgan deb hisoblamayman.


- Darvozabon SHerzod Abduraimovning harakati yuzasidan chora ko'rilishini aytgandingiz. Bu jarayon qanday kechayapti?


- Ochig'i Abduraimovdan bunday harakatni kutmagandim. U tarbiyali yigit edi. Tushunarsiz vaziyat bo'ldi. Buni oqlamoqchi emasmiz. SHundan kelib chiqib u bilan shartnomani bekor qildik.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика