Anvar Berdiev: "Keraksiz joyda ochko yo'qotdik"
17 okt 2024 19:46
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Keraksiz joyda ochko yo'qotdik"
Uchrashuv yakunlangach mezbonlar ustozi Anvar Berdiev OAV vakillari savollariga javob berdi.
"Juda qiyin o'yin bo'ldi. O'yin avvalida juda yaxshi vaziyatlarni golga aylantira olmadik, ammo oddiy bir vaziyatda keraksiz xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazib yubordik. Futbolchilarim hisobni tenglashtira olishdi, lekin hisobda oldinga chiqa olmadik. Keraksiz joyda ochko yo'qotdik", - deya fikr bildirdi Anvar Berdiev.
- Bugun zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar jamoangiz o'yinini qanchalik o'zgartira oldi deb o'ylaysiz?
- Zoirov gol urgani sababli o'yinga qo'shilib keta oldi deya olaman, qolgan futbolchilar esa bugun o'zlarining eng yaxshi o'yinini namoyish eta olishmadi.
- Mavsum yakuniga qadar uch tur qoldi. "Do'stlik", "Mashal", "Aral" jamoalariga qarshi o'yinlar bor. Qaysi bahs jamoangiz uchun eng qiyini bo'ladi?
- Hali oldinda beshta uchrashuv bor. Siz sanab o'tgan raqiblardan tashqari, "Qo'qon-1912" va "Olimpik-MobiUZ"ga qarshi o'yinlarimiz ham bor. Har bir o'yinga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Bizda imkoniyatlar bo'layapti, ammo ulardan unumli foydalana olmayapmiz. Birinchi davrada eng ko'p gol urgan jamoalarning biri edik. Ikkinchi davrada esa ushbu ko'rsatkich bo'yicha pasayish kuzatilmoqda. Futbolchilar bilan ushbu muammo ustida ishlashimiz kerak.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar