So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  3 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Anvar Berdiev: "Gol urmadikmi, demak g'alaba qozonishning iloji yo'q" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Gol urmadikmi, demak g'alaba qozonishning iloji yo'q"

PRO-Liga 12-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Istiqlol" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Anvar aka, bugun jamoangiz uchun qiyin o'tgan o'yin guvohiga aylandik. Uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?
- Bugungi o'yin derbi maqomiga mos tarzda o'tdi. Uchrashuv davomida bizga ko'rinishicha, "Neftchi" jamoasi o'zi yaratgan imkoniyatlardan foydalanib gollar urdi. Futbolda g'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Gol urmadikmi, demak g'alaba qozonishning iloji yo'q. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman.

- O'yin soat 14:00 da, tushlik vaqtidan keyin boshlanganligi natijaga o'z tasirini ko'rsatdimi?

- Endi balkim buning ham tasiri bo'lgandir. Yigitlarda bir lanjlik xolati kuzatildi. Lekin baribir mag'lubiyatga bu bahona bo'la olmaydi. CHunki "Neftchi" ham aynan shu vaqtda o'ynadi. Ochig'ini aytganda, bugun jamoamiz futbolchilarining ko'zida ishtiyoq ko'rmadim. Men tushunaman, futbolchi maydonga tushganida o'yini qovushmasa, ishtiyoq yo'qolib qolishi mumkin. Lekin maydonga tushgandan keyin astoydil harakat qilaverish kerak. Bunday futbol o'ynash kerak emas. Futbolchi maydonda "o'xshasa o'xshab qolar" qabilida harakat qilishi kerak emas.

- Bugungi uchrashuvdagi hakamlik borasida fikrlaringiz qanday?

- Endi hakamlar ishini kuzatib baho beradigan maxsus qo'mita bor. O'yin davomida, hisob 1:0 bo'lib turgan vaqtda raqiblar Elyor Mamasolievni o'z jarima maydonlari ichida yiqitishdi. To'g'risi, bizga o'sha vaziyatda 11 metrlik jarima to'pi belgilash uchun asos bordek ko'rindi. O'yin videosini ko'rib chiqib tahlil qilamiz albatta. Lekin, yana bir bor aytayapman, hakamlar ishiga baho beradigan maxsus qo'mita bor.

- O'yin jarayonida ko'rdik, bizga ikkita vaziyatda penalti bordek ko'rindi. Siz ham hujumchi bo'lgansiz, futbolni bizdan ko'ra yaxshiroq his qilasiz. SHu vaziyatlarga izoh bera olasizmi?

- Aytib o'tdim, hisob 1:0 bo'lib turgan vaqtda raqiblar Elyor Mamasolievni yiqitishdi. Balki shu vaziyat uchun penalti belgilasa bo'lardi. Endi hozir o'yinning videotakrorini ko'rib chiqqanimizdan so'ng bu borada aniq fikr berishim mumkin. Lekin aynan shu vaziyatlarga yopishib olish ham noto'g'ri bo'lardi. Imkon bormi, o'yindan ham urish kerak. Biz hujumlarni yakunlashda oqsayapmiz. "Istiqlol" PRO-Ligada eng kam urgan jamoalardan biri bo'lib turibdi.

-Uchrashuv yakunlanishiga oz fursat qolganda oldingi chiziqda o'ynaydigan futbolchilarni tushirib 3 himoyachi bilan o'yin uslubiga o'tdingiz? Sizningcha, bu qaror qanchalik to'g'ri bo'ldi?

- Jamoasi mag'lub bo'layotgan har bir murabbiy o'yinni qutqarib qolish uchun har qanday choralarni amalga oshirishga urinadi. Yutqazayotgan jamoa oldinga intiladi, g'alaba qozonayotgan jamoa bir oz ortga surilgan xolda o'ynashi mumkin. 0:1 yoki 0:2 hisobi baribir mag'lubiyat. O'yinni qutqarib qolish uchun hujumchilarni maydonga tushirdim, lekin bu jamoamiz foydasiga ishlamadi.

- Firdavs Asadovning erta zahiraga olinishi uning birinchi bo'limda qulay imkoniyatdan foydalana olmaganligi bilan bog'liqmi?

- Yo'q, bunga bog'liqlik joyi yo'q. Firdavs Asadovni jamoaga jalb etgantmizda uning jismoniy imkoniyatlari to'laqonli talabga javob bera olmasdi, shu sabab uni zahiraga oldik. Endi bizda qisqa fursat ichida jamoani shakllantirish boshqa variant ham, buning ustiga vaqt ham yo'q edi. Barchaga malum, jamoamizni 6-7 nafar asosiy tarkib futbolchilar tark etishdi. SHundan kelib chiqqan xolda tezkorlik bilan tarkibimizga o'zimiz avvaldan bilgan futbolchilarni jalb etdik.

- Anvar aka, yangilangan tarkibga ega bo'lsa ham “Istiqlol" yomon o'yin namoyish etayotgani yo'q. Bugungi kunda tarkibga jalb etilgan futbolchilarning o'yinlaridan qoniqish hosil qilayapsizmi?

- Endi istasak-istamasak bor futbolchilar bilan o'ynashga majburmiz. Jamoamiz o'yindan-o'yinga shakllanib boraveradi. Men jamoamiz futbolchilariga ishonaman, hali oldinda o'yinlarimiz bor. O'ylaymanki, navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonib muxlislarimiz xursand qilamiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика