So’nggi yangiliklar

16:44Big name, Big team, Big coach...  2 16:19"Футбол олами". Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" ғолиб, водий дербисида "Андижон" ютқазди, "Бунёдкор" - "Насаф" 2:2  0 16:10"Фабио футболчи ва мураббий сифатида катта тажрибага эга" – хорижлик мутахассислар муносабати  5 15:47"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусанов туфайли режасини ортга суради  4 15:25"Арсенал" Йилдиз трансферидан умидвор  0 15:03Каннаваро қандай мураббий?  10 14:3924 ёшли дарвозабон, кучли жамоани ютган водий жамоаси устози, МТЖ ҳужумчиси — Суперлигада 24-турнинг энг яхшилари  1 14:15Фабио Каннаваро ҳақида билишингиз керак бўлган 15 та факт  6 13:54Гиоргадзе, Абдусаломов, Жалолиддинов, Кенжабоев, Сергеев... Суперлига 24-тур рамзий терма жамоаси  4 13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  1 13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  3 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  25 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  2 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  1

Anvar Berdiev: "Futbolchilar o'z darajasida to'p tepsa, Pro ligadagi barcha jamoaga qarshilik ko'rsata olamiz" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Futbolchilar o'z darajasida to'p tepsa, Pro ligadagi barcha jamoaga qarshilik ko'rsata olamiz"

Pro liganing 8-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor, assalomu aleykum. O'yinni stadiondan kuzatdinglar, juda ham qiyin bo'ldi. "SHo'rtan" jamoasining kuchli tomonlarini bilgandik, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlarga alohida minnatdorchilik bildiraman, qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. 6-7 nafar asosiy o'yinchilarimiz ketib qoldi. Lekin, jamoada qolgan futbolchilar ham ulardan kam emas. Kim o'zining darajasida o'ynasa, biz Pro ligadagi barcha jamoalarga qarshilik ko'rsata olamiz. SHu gapni men bir necha kun oldin futbolchilarga tushuntirdim. Allohga shukur, o'zimizga kerakli bo'lgan natijani qo'lga kiritdik. Bu o'yin tarixga aylandi. Endilikda navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettiramiz",- deydi Anvar Berdiev.

- Futbolchi o'ziga javob beradi, murabbiy esa butun jamoaga. SHu bois, murabbiylik faoliyatingiz qanday o'tmoqda?

- Barcha futbolchilikni tugatgan murabbiylar shu gapni aytishardi. Hozir shuni boshimdan o'tkazib his qilib turibman, maydon chetida turish juda qiyin. To'g'ri, futbolchi bo'lsangiz bir o'zingizga javob berasiz, murabbiy esa butun jamoadagilarga javob beradi. Oson ishning o'zi yo'q, murabbiylik va futbolchilikning o'ziga yarasha qiyin tomonlari bor. Maydonni chetida turib boshqarish haqiqatdan ham qiyin ekan. Bu narsani endi tushunyapman. 

- Tarkibga yangi jalb etilgan futbolchilarda o'yin amaliyoti kam edi. Ammo, ularni ruhlantira olyapsiz. Bunga qanday erishyapsiz?

- Men o'zim jalb qilgan futbolchilarning imkoniyatini yaxshi bilaman. Ular futbol o'ynab yurgan futbolchilar. To'g'ri ayrimlarida o'yin amaliyoti yo'q edi. Lekin, futbolchilarga takidladim, to'p tepib yurgan futbolchi birdaniga o'ynolmay qolishi mumkin emas. Futbolchi maydonda necha daqiqa harakat qilsa ham jonini berib o'ynashi kerak. 

- Oldinda bundan ham qiyin o'yinlar kutmoqda. Jamoadagi va zaxiradagi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligidan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- To'g'risini aytaman, bizda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha vaqt yo'q edi. Jamoada qolgan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi yomon emas. Yangi kelib qo'shilgan futbolchilar mashg'ulotda alohida dastur asosida shug'ullanishmoqda. O'ylaymanki, bu futbolchilar ham o'yindan-o'yinga kuchayib borishadi. Firdavs Asadov ikki kun oldin kelib qo'shildi. U o'z darajasiga chiqib olsa jamoamizga bo'lajak o'yinlarda yordam beradi. Viloyat hokimimizga va klubimiz rahbarlariga alohida rahmat aytmoqchiman. Ular bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. Mana hozir ham jamoamiz rahbarlari futbolchilarning oldiga kirib minnatdorchilik bildirishdi. Bu futbolchilarimizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. SHu qatori menga ham. Menga ishonch bildirishayotgan ekan ohirigacha kurashamiz. Bilgan narsalarimni futbolchilarga o'rgatib, ularning maydonda bor kuchi bilan o'ynashlarini ko'rishni istayman. Yana qaytaraman, jamoamizni tiklab, etibor berganliklari uchun viloyat hokimimizga minnatdorchilik bildirib qolaman. "Istiqlol" stadionini qaytarib berishgani va shu erda o'yinlarimizni o'tkazayotganimiz uchun ham rahmat aytaman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика