So’nggi yangiliklar

19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  1 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  6

Anvar Berdiev: "Buxoro"ga tug'ilib o'sgan joyimga yaqinroq bo'lish uchun bormoqdaman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Buxoro"ga tug'ilib o'sgan joyimga yaqinroq bo'lish uchun bormoqdaman"

Bir oz avval saytimizda shu kunga qadar "Istiqlol" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Anvar Berdiev endilikda Buxoro viloyatining "Buxoro" klubida faoliyat yuritishi haqida xabar elon qilingan edi.

Saytimiz muxbiri murabbiy bilan bog'lanib mazkur masalaga oydinlik kiritgan, "Buxoro" klubiga o'tayotgani haqida Berdiev tomonidan tasdiqlangandi. Bilishimizcha, Anvar Berdiev "Buxoro" bosh murabbiy sifatida emas, balki jamoaning bosh murabbiyi Davron Fayzievga yaqindan yordam berish uchun bormoqda. Quyida murabbiy bilan tashkil etilgan suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- Anvar aka, bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, endilikda "Buxoro" jamoasida faoliyat yuritar ekansiz, bu rostmi?

- Ha, to'g'ri. "Buxoro" klubidan menga taklif bo'ldi va uzoq vaqt o'ylab ko'rgan xolda ushbu taklifni qabul qildim.

- Aytingchi, "Istiqlol"dan ketib "Buxoro"ga o'tishingizning sababi nima?

- To'g'risini aytganda, "Buxoro" jamoasidan tushgan taklifni tug'ilib o'sgan yurtimga yaqinroq bo'lish uchun qabul qildim. Bu borada oilam bilan maslahatlashib shu qarorga keldik.

- "Buxoro" klubiga bosh murabbiy sifatida borayapsizmi?

- Yo'q, bu jamoaga yordamchi murabbiy sifatida ketayapman. Ayni damda jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev hisoblanadi. U insonni yaxshi bilaman, bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Birgalikda ishlab nasib bo'lsa yangi mavsum yakunida "Buxoro"ni Superligaga qaytarmoqchimiz.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика