Anvar Berdiev: "Bizga bitta narsa etishmayapti - gol"
09 sen 2020 21:44
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Bizga bitta narsa etishmayapti - gol"
Derbi maqomidagi o'yin, golgacha davom etdi deb o'ylayman. Agar biz birinchi gol urganimizda g'alaba qozonardik. G'alaba uchun gol urish kerak. Vaziyatlar bor, ammo ulardan foydalanishda oqsoqlanayapmiz. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklaymiz. Fursatdan foydalanib "Turon" klubi rahbariyatiga rahmat aytmoqchiman, ajoyib maydon va sharoit uchun", - deydi Anvar Berdiev.
- "Istiqlol" ketma-ket ikki turdan buyon g'alaba qozona olmayapti. Bunga nima sabab bo'ldi?
- O'tgan yil boshqacha taktikada o'ynardik. Himoyadan emas hujumkor o'yin namoyish etishga harakat qilayapmiz. Mashg'ulotlarda hujumchilarimiz qiyin vaziyatlardan ham gol urishadi, o'yinda esa omadimiz kelmayapti. "Turon"ga qarshi o'yindan keyin "Neftchi" bilan bahsga qadar mashg'ulotlarda vaziyatlardan foydalanish uchun jiddiy ishladik. 90 daqiqa davomida himoyada o'ynab gol o'tkazmaslik qiyin. Bizga gol etishmayapti. Agar gol urib yuta olsak futbolchilarning ishonchi ortadi va har safar shunday o'ynashga odatlanib qoladi.
- Transfer oynasi vaqtida jamoani kuchaytirish uchun qanday ishlar olib borildi?
- Biz istagan futbolchilar o'z jamoalarida asosiy tarkibda o'ynashmoqda. Qolganlar esa tarkibimizdagi futbolchilardan kuchli emas.
- Klub yoshlar jamoasida asosiy tarkibga qo'shilib keta oladigan va kuchaytira oladiganlar bormi?
- Afsuski yo'q. Ularni mashg'ulotlarga jalb qilayapmiz. Ko'rayapmizki katta futbolga kirib kelish uchun qadam tashlashlari kerak. Bolalar futbolida katta futbolga o'tish qiyin jarayon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar