So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Anvar Berdiev “Andijon”ning may oyidagi “Eng yaxshi futbolchisi” Yangiliklar

Anvar Berdiev “Andijon”ning may oyidagi “Eng yaxshi futbolchisi”

Yakuniga etgan may oyi oyi bo'yicha “Andijon”ning “Eng yaxshi futbolchisi”ni aniqlash borasida telegramdagi rasmiy kanalimiz orqali muxlislar ishtirokida so'rovnoma o'tkazgandik.

Unga ko'ra may oyida ham tajribali hujumchi Anvar Berdiev yakka peshqadamlik qildi. 

Aytish kerakki, “Andijon” may oyida jami 6ta o'yin o'tkazib, jami 14ta ochko jamg'ardi. Berdiev mazkur uchrashuvlarning 4tasida ishtirok etib, raqiblar darvozasini to'rt marta aniq nishonga ola bildi. Tajribali hujumchining ayniqsa safarda “Norin”ga qarshi bahsda kiritgan 2ta goli muhim g'alabani taminladi. SHuningdek Anvar Berdiev qolgan ikkita to'pini “Xorazm”ga qarshi bahsda kiritdi. Bu safar esa uning gollari “Andijon”ga durangni taqdim etdi. 

Bir so'z bilan aytganda, 39 yoshli futbolchi o'zining boy tajribasi evaziga “Andijon”ga katta yordam bermoqda. Uning golini oldindan his qilishi ko'pincha raqib posbonlarini qiyin vaziyatga tushirib qo'ymoqda deyish mumkin. 

May oyi bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma yakunlari:

1. Anvar Berdiev – 49 ball.

2. SHahboz Jumabev – 14.

3. Dilmurod Mahmudov – 12.

4. Ibrohim Otaxonov – 9.

5. Farhod Bekmuratov – 5.

6. Akbar Xodjaev – 4.

7. Sanjar Asqaraliev – 4.

8. Lochin Dolimov – 4.

9. Qahramon Mahamadjonov – 3.

10. Oybek Nurmatov – 2.


"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика