Anvar Berdiev “Andijon”ga qaytdi
07 avg 2016 17:28
Yangiliklar
Anvar Berdiev “Andijon”ga qaytdi
Tajribali hujumchi Anvar Berdiev kuni-kecha jamoamiz safiga qo'shildi.
So'nggi bir yildan buyon “Andijon” uchun o'ynab kelayotgan 38 yoshli futbolchi davralar oralig'ida Farg'onaning “Neftchi” klubi yig'inida ishtirok etgandi. Ammo Berdievning bu jamoaga o'tishi amalga oshmadi va u “Andijon” ihtiyoriga qaytib keldi.
Berdiev kecha “Sog'lom avlod” stadionida o'tgan mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etdi. Aytish kerakki, muxlislar ham uning qaytishini xursandchilik bilan qarshi oldi. O'tgan mavsum “Andijon” uchun juda ham foydali gollarni urgan hujumchidan ikkinchi davrada sermahsullik kutib qolamiz. Umid qilamizki, Anvar Berdiev ikkinchi davrada bor mahoratini ishga solib, rahbariyat va ishqibozlarni xursand etadi. Bu borada unga omad tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar