So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  6 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  2 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  15 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Anvar Berdiev: "Agar futbolchi jamoaga emas, o'zi uchun o'ynasa, shaxsan menga kerak emas" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Agar futbolchi jamoaga emas, o'zi uchun o'ynasa, shaxsan menga kerak emas"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "SHo'rtan"  -  "Jayxun" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qiyin g'alabaga erishdik.  "Jayxun" menda ajoyib taassurot qoldirdi. Futbolchilar oxirigacha kurashishdi. O'zimizga kerakli bo'lgan natijaga erishdik. Yigitlarga borlarini berishgani uchun katta rahmat aytaman",- deydi Anvar Berdiev. 


- "Jayxun" ishtirok etadigan chempionatdan kelib chiqib bugun yirik hisobda taslim qilinishi kerakmidi? 

- Bunday fikr bo'lmadi. Kubok bahslarida har xil vaziyat bo'lishi mumkin. "Bunyodkor" bilan o'yindan keyin bu uchrashuvga astoydil tayyorlandik. 

- Abdug'ani Kamolov bugun kombinacion harakatlarda yaxshi o'yin ko'rsatdi... 

- Abdug'ani Kamolovni yaxshi bilaman. Jamoaga yordami tegadigan futbolchi. Orada malum vaqt o'yinini topa olmadi. Ko'rganingizdek yomon to'p tepmayapti. Uning uchun xursandman. 

- Birinchi o'zgarish haqida. Jasur Xolto'raev o'rniga Muhriddin Zoirov tushdi va gol ham urdi. Jasur Xolto'raev qo'l ham uzatmadi. Bunday holat "Aral" bilan o'yinda ham yuz bergan edi.. 

- Futbolchi maydonga chiqqanidan keyin murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajarishi shart. Jasur Xolto'raev bugungi o'yinga kirishib keta olmadi. Futbolda o'zgartirib bo'lmaydigan futbolchi yo'q. Futbolchi jamoa uchun borini berib o'ynashi kerak. Agar futbolchi jamoaga emas, o'zi uchun o'ynasa, shaxsan menga kerak emas. Bu har bir futbolchiga tegishli. Keyingi safar yana shunday holat kuzatilsa, boshqa futbolchi almashtirilishi mumkin. Jamoa futbolchini boqyapti, maoshini, mukofot pullarini beryapti. Demak o'yinchi ham harakat qilishi kerak. 

- Futbolchiga qandaydir cheklovlar qilinadimi?

- Birinchisida Jasur Xolto'raev xatosini tan olib, kechirim so'ragandi. Bir marta kechirish mumkin, ikkinchisida o'rniga futbolchi qidirish kerak. 

- SHerali Jo'raev bilan xayrlashish yosh bilan bog'liqmi yoki qandaydir jazo turi qo'llanilganmi? 

- Buni oldingi matbuot anjumanida aytdim. SHerali Jo'raevga omad tilayman. Boshqa jamoaga borib qo'shilsa foydasi tegadi.Negadir u mavsum boshida jarohat olib o'ynab keta olmadi. U bilan do'stona xayrlashdik.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика