So’nggi yangiliklar

10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  1 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  2 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  1 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  4 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  4 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  7 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  9

Antuan Grizmannga katta futbol eshiklarini ochgan inson Yangiliklar

Antuan Grizmannga katta futbol eshiklarini ochgan inson

Teglar :  Antuan Grizmann
"Antuan 6 yil men bilan yashadi. Men unga ham ota, ham ona bo'ldim".

Bo'ying past, kichkina, zaifsan, seni yiqitish juda oson, kuchli bo'lishing kerak... Antuan Grizmann francuz klublariga sinovdan o'tish uchun borganida har gal shu gaplarni eshitardi. Baquvvat, gavdali, undan kamida 10sm baland, 5-6kg og'irroq o'yinchilarning oldida Antuan juda kichkina ko'rinardi. SHu sababli, “Sent-Eten”, “Lion” va “Oser” kabi klublar ham unga rad javobini berardi.

Lekin Antuan 13 yoshga qadam qo'yganida, uning hayoti butunlay o'zgarib ketdi: “Monpele” futbol klubi Grizmanni Parijdagi bolalar turniriga olib ketdi. Sinovdan o'tgan hamma bolalar “Monpele” formasini kiyib olishgandi, Antuanga esa futbolka etmay qolgandi... SHuning uchun, o'zinikini kiyib ketishiga to'g'ri kelgan. Uning futbolkasi to'q rangda bo'lib, old qismida och sariq rangdagi “Jamaica” yozuvi bor edi.

Grizmann bahsning asosiy qismida zaxirada o'tirdi va so'nggi 10 daqiqada maydonga tushishga ruxsat oldi. Lekin iqtidorli Antuanga skaut Erik Olatsning etiborini tortishi uchun shu vaqtning o'zi etarli bo'ldi. Erik “Real Sosedad”ning asosiy tarkibini kuchaytirish uchun butun Evropa hamda Afrika bo'ylab kezib, iqtidorli yoshlarni izlardi. U turnir bo'layotgan PSJ mashg'ulotlar bazasiga to'satdan kelib qolgan edi: Argentinaga safari chog'ida SHarl-de-Goll aeroportiga qo'ndi. Bir necha soat vaqtini do'stlari bilan o'tkazish maqsadida ular bilan uchrashadi. Oshnalar shunchaki suhbatlashib o'tirish uchun bazaga borishadi.

Olatsning kasbi kuzatish bo'lgani tufayli orada o'yinchilarni ham ko'zdan kechiradi. Grizmann unga juda iqtidorlidek tuyuladi. “U texnik tomonlama kuchli o'yin ko'rsatardi. Jismoniy tarafdan boshqalardan zaifroq bo'lsa ham, ularga qaraganda yaxshiroq o'ynadi. Bundan hayratlandim. Agar unga jismoniy jihatdan yordam bersa, ajoyib futbolchi bo'la olishini tushundim”, — xotirlaydi skaut.

Erik kichik qog'oz olib, telefon raqamini yozdi va Grizmanning qo'liga berdi hamda uyga borganidan keyin unga qo'ng'iroq qilishini tayinladi. Tunisdan endigina dam olib qaytgan bolakayning ota-onasi bu xabardan quvonishmadi. Aniqrog'i maktabini nima qilish, qaerda yashashini va bu qanchalik jiddiy hamda natijasini qanday yakun topishini ko'proq o'ylashdi.

Skaut hamma ishini tashlab, Antuanning ota-onasining yonida to'rt kun bo'ldi va nima qilmoqchi ekani, rejalarini tushuntirdi. SHundan so'ng, ular Grizmanni Ispaniyaga yuborishga rozi bo'lishdi.

Skautning uyida 6 yil yashagan Grizmann

Endigina 13 yoshga qadam qo'ygan Grizmann klubga o'tishi juda qiyin kechdi. Sababi birinchidan, u ispan tilini bilmasdi. Ikkinchidan, ota-onasi francuz maktabini tamomlashini xohlashgandi. Uchinchidan, internat-maktabda o'rin qolmagandi. Aynan shu vaziyatda hammasidan voz kechish eng maqbul yo'l edi. Ammo skaut bo'sh kelmadi va masalaga bir echim izlashga kirishdi: u Grizmanni Franciyaning janubi-g'arbidagi Bayonna shaharchasidagi uyiga olib bordi. U erdan San-Sebastyangacha borish yaqin edi. Antuan ertalab maktabga borardi, kunduzi avtobusga o'tirib mashg'ulotga qatnardi. Kechasi esa yana skautning uyiga qaytib kelar edi.

"Antuan boshida juda qiynalgan, hattoki uyiga qaytib ketmoqchi ham bo'lgan. Avvaliga uni qo'llab-quvvatlab, uyimda uch hafta olib qolmoqchi edim. Lekin tez orada u bilan chiqishib ketdik. SHundan so'ng, Grizmann men bilan 6 yil yashadi. Men uning ham ota-onasi, ham bobo-buvisi bo'ldim", — deydi kulib Olats.

"Ispaniya futbolida birinchi navbatda o'yinchining jismoniy baquvvatligiga emas, texnikasiga etibor berishadi. Men bundan hayratlandim", — deydi Grizmann. — "Mashg'ulotlarda to'pga egalik qilishni o'rgandik. Buning uchun harakatchan bo'lish kerak. Bu esa menga juda ham yoqardi. Franciyada esa umuman boshqacha edi: futbolchi avvalo jismonan baquvvat bo'lishi kerak".

Grizmann "Real Sosedad"ga kelganidan 3 oy o'tib, ispan tilida gaplasha boshladi. U bugungi kunda asosan faqat ispan tilida so'zlashadi. "10 yildan buyon Ispaniyada yashayman. To'g'risi, hozirda francuz tilida gaplashishga biroz qiynalaman. Hattoki, kuchuklar bilan ham ispancha gaplashadigan bo'lib qolganman", — deydi kulib Antuan.

Grizmann yilda 1 marta atigi 2-3 kunga uyga kelib ketardi. Har gal ketar chog'ida otasi unga shunday derdi: "Balki, ortga qaytib, biz bilan qolarsan?" Antuan buni ich-ichidan istasa ham, o'zida kuch topib rad javobini berib ketardi. Skautning aytishiga qaraganda, Grizmann ota-onasining uyidan qaytib kelganidan keyin doim yig'lar ekan. "U "Real"da debyut qilganidan so'ng, vaziyat biroz engillashdi", — deydi Olats.

Skaut Grizmanni voyaga etkazib, faoliyati yuksalishida katta yordam berganiga qaramay, aslida u agentlik biznesiga unchalik ham qiziqmaydi. U hamon "Real Sosedad"da faoliyat yuritadi, biroq faqat Antuan bilan ishlaydi.

"Biz ijtimoiy tarmoq orqali kuniga 2-3 marta gaplashib turamiz. U menga juda ham ishonadi, — deydi Olats. — Antuan biror ish qilishdan oldin, men bilan maslahatlashadi. Men esa maslahat berib, unga qo'limdan kelgancha yordam berishga harakat qilaman".

Avgust oxirida Grizmann endi futbol agentlari bilan ishlamasligini malum qilgandi. Endi barcha qarorlarni o'zi qabul qilar ekan: "Men faqat otamga va ustozim Erik Olatsga quloq solaman".

Luis Suares yuksalishida yordam bergan murabbiy

Grizmann 2009 yil "Real Sosedad" futbol klubida debyut qildi. Bu ish kutilmaganda sodir bo'ldi. Jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri jarohatlandi. Urugvaylik murabbiy Martin Lasarte unga chap oyoqda o'ynay oladigan yosh futbolchini olib kelishlarini so'radi. Menejerlar avvaliga Bingen Erdoziyani chaqirishdi, lekin u ham shikastlandi. SHundan so'ng, Grizmanni chaqirishga qaror qilishdi.

Mavsum oldi bahslarida Antuan 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va tez orada asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi. O'z vaqtida bosh murabbiy Lasarte "Nasonal" asosiy tarkibiga Luis Suares kirishida muhim rol o'ynagan. Murabbiy buni o'zgacha quvonch bilan xotirlaydi: "Grizmanni ilk bor maydonga tushirayotganda, Suaresning debyut o'yinidagidek tuyg'ularni his qilgandim".

2011 yil Xosep Gvardiola oldindan Grizmann bilan kelishib oldi. Oradan 3 yil o'tib u "Atletiko" yulduziga aylandi. Diego Simeone jamoa o'yinini o'zgartirish maqsadida Antuan bilan shartnoma imzoladi. Ammo hammasi u o'ylaganchalik tezlik bilan amalga oshmadi. 2014 yil oktabr oyi oxirida Grizmann Primerada birorta ham gol ura olmadi. Bundan jahli chiqqan Diego Simeone o'yinchini ruhlantirish maqsadida ochiqchasiga shunday dedi: "Umid qilamizki, biz uchun muhim o'yinchilardan biri bo'lgan bu yigit tez orada ulg'ayadi va erkakchasiga gollar ura boshlaydi".

Grizmann bu fikrga javob qaytargan holda, kelasi o'yinda dubl qilishga muvaffaq bo'ldi. Keyingi 10ta o'yinda esa 7 gol urdi. O'yinchi bu rivojlanishiga Simeonening gaplarini asosiy sabab qilib ko'rsatdi: "U — katta kuch. Birinchi mashg'ulotlarda to'g'risini aytsam, bo'g'ilib qolardim, oyoqlarim qattiq og'rir edi. Diego o'yinga doim tayyor bo'lishimizni talab qilardi".

Grizmann 2016 yil juda yuqori cho'qqiga chiqa oldi: Franciyani Evro chempionat finaliga olib chiqdi, "Atletiko" tarkibida bir mavsum davomida 32ta gol urishga muvaffaq bo'ldi hamda Messi va Ronaldudan keyingi eng yaxshi o'yinchi bo'la oldi.

12 yil avval skaut Olats yaxshi ham uni Parijga olib kelgan ekan, nima deysiz?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика