Antuan Grizmann: “ECHL finalida yutqazish alamliroq bo'lgandi”
10 sen 2016 00:00
Yangiliklar
Antuan Grizmann: “ECHL finalida yutqazish alamliroq bo'lgandi”
Kuni kecha u Evropaning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni ham Krishtianu Ronalduga boy berdi. SHunga qaramay, Grizmanning o'zi uchun mavsum juda ajoyib kechdi. U klubida etakchilik rolini qo'lga oldi. “La Gazzetta dello Sport” nashri muxbiri bilan suhbatda shu holatlar xususida berilgan savollarga javob qaytardi.
- Qaysi finalni yutqazish og'riqliroq bo'ldi?
- Dastlab har ikki finalda mag'lub bo'lgan bo'lsak ham, shaxsan men uchun va jamoaviy darajada ham mavsum juda yaxshi kechdi. Ikkala jamoam yanada kuchliroq bo'lib qaytishiga ishonaman. Lekin CHempionlar ligasi finalida engilish alamliroq bo'ldi. Penaltilarda mag'lubiyat katta zarbaga aylandi, final sari sentyabr oyidan kurash olib borgandik. Ammo biz qaytamiz.
- “Atletiko” “Real”ga qarshi uch yil ichidagi ikki finalda g'alabaga juda yaqin edi. Bunchalik tez qaytish qanday nasib etdi?
- Va buni takrorlashga yana urinamiz. Mashg'ulotlarda katta xohishni ko'ryapman. Tarix tarixda qolib ketdi, biz hozir yangi sinovlarga tayyor turishimiz lozim. Diego Simeone kabi murabbiy bilan bu oson, chunki u bizni juda yaxshi ruhlantiradi. CHolo bizni g'alabaga olib borishiga ishonaman.
- Simoene qanday holatda?
- Doimgidek yaxshi. U katta zavq bilan bizga o'rgatadi, o'zi ishongan narsalarni etkazadi. Diego hamisha kulib, hazillashadi. OAV buni sezmas, lekin bu ham xuddi g'alabaga xohish singari juda muhim.
- Joriy yozda boshqa klublardan takliflar bo'ldimi?
- O'zimni agentim bilan hamisha aniq tutganman: “Atletiko”, Simeone va jamoadoshlarimni tark etishni istamayman. Ha, kimdir qo'ng'iroq qilgandir, ammo ularni eshitmadim. “Atletiko” bilan biror sovrin yutishni xohlayman va bunga umid qilaman.
- Ha, pul hamma narsani hal etmaydi.
- Aynan shunday. Men o'sishda davom etmoqchiman va buni Simeone qo'l ostida amalga oshira olishimni bilaman. Bu erda o'sdim va eng yaxshilar qatorida qolyapman, Diego esa bunda katta ahamiyat kasb etdi. Har kuni o'zim uchun biror yangilik olaman.
- Lekin ketishdan ham unchalik qo'rqmaysiz?
- Futbolda oldindan bilib bo'lmaydi, barchasi juda tez o'zgarish ketishi mumkin. Hozircha bu haqida o'ylamayapman. O'ylayotgan narsam – mavsumni qay tariqa ajoyib o'tkazish.
- Oxirgi paytlarda Pol Pogba bilan ko'p suhbatlashdingizmi?
- Ha, tez-tez suhbatlashamiz, chunki yaqin do'stlarmiz. “Yuventus” bunday o'yinchini yo'qotganidan xafadir, ammo men Pol uchun xursandman.
- Bu qandaydir g'alati dunyo, uni tekinga qo'yib yuborishdi, endi ea 105 million evro evaziga ortga qaytarishdi.
- Ha, futbolda shunday holatlar ro'y berib turadi va shuning uchun ham uni sevishadi. Hammasi juda tez o'zgarishi mumkin. Lekin Polning oxirgi yillarda o'sishga erishgani dalil sifatida qolaveradi.
- Uning transferi jahon futbolida rekord o'rnatdi.
- Futbol olami hozir shunday. Yaqindagina xayolga kelmagan pullar sarflanmoqda. 15 yil avval “Real” Zidan uchun jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan paytda 70 million to'lagandi. Hozir bozor aqldan ozganga o'xshaydi.
- Qanday o'ylaysiz, “Yuventus” ajoyib kelishuvni amalga oshirdimi yoki bunday o'yinchini sotib yuborish kerakmasmidi?
- Bilmayman. Biladiganim ular ko'p pulga ega chiqishdi. Bir tarafdan bu yaxshi, ammo boshqa tomondan... Bu to'g'risida “Yuventus” ishqibozlari va o'yinchilaridan so'ragan maqulroq.
- UEFA tanlovi bo'yicha bu yil kuchli uchlikka kirdingiz, “Oltin to'p”ga ham davogarlar qatoridasiz. Kurash hali ketyaptimi yoki Ronaldu uni yutib bo'ldimi?
- Ha, biz hali kurashamiz. Men bor kuchimni ishga solaman. G'alabaga ishonchni hamon saqlab turibman. Hozircha bu vaqtga bog'liq, hakamlar qanday o'ylayotganini bilish uchun ozroq kutish kerak bo'ladi. Bundan ortiq narsa qila olmasdim.
- CHempionlar ligasida favorit kim bo'ladi?
- Umid qilamanki, “Atletiko”. Biz o'zimizga ishonamiz va o'tgan yildagi natijani takrorlashga qodirmiz. Lekin yana “Bavariya”, “Real” va “Barselona” kabi deyarli yarim finalda o'ynaydigan jamoalar ham bor.
- Barcha etibor Premer-ligaga qaratilgan. Uni kim yutadi?
- O'tgan yili hech kim “Lester” buni amalga oshirishini tasavvur qilmagandi. Hozir esa kurash “Yunayted”, “Siti” va “CHelsi” o'rtasida kechadi deb o'ylayapman.
- La Ligada-chi?
- O'tgan yili bo'lganidek “Barsa” va “Real” bilan sovrin uchun kurashamiz. Bu yil yakun omadliroq chiqishini xohlaymiz.
- “Real” Alvaro Moratani qaytardi, ammo yirik transferlarni amalga oshirmadi. Bu sizni hayron qoldirdimi?
- Transfer oynasi hali yopilmagan, megatransfer amalga oshishi uchun bir necha kun etarli. “Real”da shundoq ham juda yaxshi jamoa, ular ko'p futbolchini sotib olishi shart emas.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar