Antonio Konte: “Yigitlar jiddiy mehnat qilishmoqda”
28 iyu 2019 08:52
Yangiliklar
Antonio Konte: “Yigitlar jiddiy mehnat qilishmoqda”
“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte o'rtoqlik uchrashuvida PSJ ustidan (1:1, pen -6:5) qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men judayam baxtliman. Bugungi bahsdan kelib chiqib gapiradigan bo'lsam, biz g'alabaga loyiq edik. Natijadan qatiy nazar, biz yaxshi o'ynadik. Rostini aytganda, yigitlarning o'yinida ijobiy o'zgarishlarni ko'rayapman.Ular to'pni yo'qotishlari bilan raqib jarima maydoni yaqinida ularga bosim uyushtirib, to'pga egalik qilishga intilishmoqda.O'ylashimcha, bu juda yaxshi aspekt. Yigitlar jiddiy ishlashmoqda va bu menga yanada oldinga intilishimga imkon bermoqda.
Xursand bo'lganim, futbolchilarim so'nggi soniyalargacha hujumkorlikni susaytirishmadi va yakunda gol urib, penaltilar seriyasida g'alabaga erishdik. Biz doim o'yin oxirigacha hujumkorlikni susaytirmasligimiz kerak”, deydi Konte.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar