So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  6 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Antonio Konte: "Jozening qulog'imga aytgan gaplari oramizda qoladi" Yangiliklar

Antonio Konte: "Jozening qulog'imga aytgan gaplari oramizda qoladi"

Teglar :  Antonio Konte
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng matbuot anjumanida uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- "CHelsi" ijrosidagi o'yindan ko'nglim to'ldi. Biz uchrashuvni kerakli darajada yaxshi boshladik. To'p bilan tez ishladik va golli vaziyatlar yaratishda faol o'ynadik.

Jamoam futbolchilari bu kabi yorqin futbol o'ynashga loyiq edilar. CHunki ularning mashg'ulotdagi mehnatiga o'zim guvohman. Biz o'z ustimizda ishlashdan to'xtamasligimiz lozim. CHunki yanada kuchliroq bo'lishni istaymiz.

O'ynimizni yanada kuchaytirish va shakllantirish uchun avvalo mashg'ulotlarda ter to'kmog'imiz lozim bo'ladi. Busiz iloji yo'q.

"Arsenal" va "Liverpul"ga qarshi bahslardagi muvaffaqiyatsizliklardan so'ng "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alaba muhim ahamiyatga ega. Bu g'alaba bizning maqsadimizni ko'rsatib berish uchun xizmat qiladi. SHuningdek bu kabi g'alabalar o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni yanada kuchaytiradi.

"CHelsi" endi "Vest Xem" bilan bo'ladigan bellashuvga tayyorlanmog'i kerak.
David Luizning Fellayniga nisbatan ishlatgan qo'polligi? Men u vaziyatni ko'rmadim. SHu bois bu haqida bir narsa deb fikr bildirishim qiyin. David Luiz bugun fantastik o'yin ko'rsatdi.

Muxlislardan jamoani faolroq qo'llab-quvvatlashlarini, o'yin oxirida esa olqishlashlarini so'radim. CHunki futbolchilar bunga loyiq harakat qilishdi. "Manchester Yunayted" ishqibozlari o'z jamoalarini tinimsiz olqishlab, ularga dalda bo'lib turishdi. Bizning "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdagi asosiy maqsadimiz o'z suyuklilarimizga chiroyli futbol orqali zavq taqdim etishni istagandik va tabiiyki g'alaba bilan ularni xursand etishni rejalashtirgandik. O'tgan mavsum jamoamiz uchun muvaffaqiyatsiz o'tgandi. SHu bois muxlislarimiz g'alabali onlarni juda sog'inib qolishgan.

Joze Mourinyuning gaplari? Uning qulog'imga aytgan gaplari oramizda qolgani maqul. CHunki men Jozeni hurmat qilaman. Mourinyu ajoyib murabbiy va uning gaplarini ommaga aytmoqchi emasman.
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика