Antonio Konte: "Italiya JCHda g'olib bo'lganida A Seriyada italiyaliklar 64%ni tashkil etardi"
25 mar 2016 22:55
Yangiliklar
Antonio Konte: "Italiya JCHda g'olib bo'lganida A Seriyada italiyaliklar 64%ni tashkil etardi"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte nega "moviy gvardiya" katta turnirlarda muvaffaqiyat qozona olmayotganiga bir sababni ro'kach qildi.
- Biz Evropa chempionatida favoritlar qatorida emasmiz. Turnirda Germaniya, Ispaniya, Franciya, Belgiya va ko'pchilik mensimayotgan Angliya ham favoritlar qatorida. SHaxsan men Evropa chempionatini intizorlik bilan kutyapman. Men doim butun mamlakat qo'llab-quvvatlaydigan bosh murabbiylarga havas qilardim. Tez orada men ham ushbu baxtli onga erishaman. Evropa chempionatida terma jamoa boshqaruvida bo'lish juda yoqimli. Italiya Jahon chempioni bo'lgan vaqtda A Seriyada italiyalik futbolchilar 64%ni tashkil etishardi. Hozirchi? Ayni paytda Italiya chempionatida 34% mahalliy futbolchilar mavjud. Terma jamoaga loyiq ma munosib futbolchini tanlab olish qiyin. Avvalgidek tanlov katta emas bizda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar