So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  1 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

Antonio Konte ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Antonio Konte ishtirokidagi matbuot anjumani

Teglar :  Antonio KonteCHelsi
"CHelsi"ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte o'zining dastlabki matbuot anjumanini o'tkazdi.


- Yangi mavsumni "CHelsi" boshqaruvida boshlashimdan nihoyatda xursandman. Bu meni faoliyatimdagi yangi sahifa, hayotimdagi yangi sarguzasht bo'ladi. SHaxsiy hayotimda ham yangi varoq ochilmoqda. Angliyadek ajoyib mamlakatda  ish boshlayotganimdan mamnunman. Angliya premer ligasida kuchimni sinab ko'rishim qiziq bo'ladi. APL dunyoning eng qiyin chempionati hisoblanadi. Bu erda 6-7 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.
"CHelsi" ajoyib jamoa va men bu jamoaning bosh murabbiyi bo'lganimdan faxrlanaman.
Jon Terri? Terri albatta jamoa sardori bo'lib qoladi. Terri "CHelsi"ning haqiqiy sardori, etakchisi va masuliyatni to'liq his etadigan futbolchi. Terri bilan suhbatlashish menga yoqadi. CHunki Jon "CHelsi"da o'ynash qanday sharaf ekanligini yaxshi biladi. Men uchun Terri juda muhim futbolchi.
Barcha futbolchilar men mashg'ulotlarni diqqat bilan kuzatishimni va shunga qarab asosiy tarkibni aniqlashimni bilishadi. Terri maydonga tushsa-tushmasa jamoa sardori bo'lib qolaveradi. Kim maydonga tushishga loyiq va munosib bo'lsa o'sha boshlang'ich tarkibda o'yinni boshlaydi.
Terri nafaqat klub yoki jamoa uchun, balki muxlislarimiz uchun ham qadrli va muhim futbolchi.
Terri shartnomasini uzaytirdi. Bu qarorga klub va men o'zaro hamjihatlikda qaror qabul qildik. Terri shartnomani uzaytirgach yanada baxtli ekanligini ko'rdim.
O'tgan yilgi muvaffaqiyatsizliklardan so'ng ko'pchilik evrokuboklarga, xususan ECHLga qaytishni juda istaydi.
Katta bosim menga to'siq bo'lolmaydi. Menda tug'ma bu kabi bosimlarga dosh berish salohiyati mavjud. Qachonki sen "CHelsi" kabi katta jamoalarni boshqarsang, bu kabi bosimlar vujudga kelishi oddiy, tabiiy holat.
"CHelsi" bilan faqat sovrinlarni qo'lga kiritishing, g'alabalarga erishishing zarur. Bu esa menga yoqadi.


Bu davr meni faoliyatimdagi eng qiyinimi?
Bilmadim, bir narsa deyish qiyin.
Men "Yuventus"ga kelganimda jamoa oxirgi ikki mavsumni A Seriyada 7-o'rinda yakunlagandi. Kelishim bilan ishni to'g'ri yo'lga qo'yib, ajoyib jamoani shakllantirgandik. Dastlabki mavsumdayoq "Yuve" bilan chempionlikni qo'lga kiritganman va qolgan yillari ham mavsumni cho'qqida yakunlash nasib etgan.
Italiya terma jamoasidagi faoliyatim orqali esa yanada kattaroq tajriba to'pladim. Terma jamoa miqiyosida ishlash qiyin, doimo yuqori bosim ostida qolasan. CHunki sen butun bir mamlakatning bosh jamoasini boshqarasan va barcha masuliyat seni bo'yningda bo'ladi. Muxlislar, OAV xodimlari, barcha-barchani diqqat-etibori senga qaratiladi va nima ish qilayotgani hammaga birdek qiziq bo'ladi.
Qo'l ostimdagi futbolchilar bilan mavsum yakuniga kelib o'zimiz xohlagan o'rinda chempionatni yakunlashimizga ko'zim etadi. Men bunga ishonaman.

Har bir murabbiyning o'zining o'yin falsafasi, taktika va g'oyalari bo'ladi. Men o'zimning g'oyalarimni futbolchilarga singdirishga, ulardan nimani xohlayotganimni tushuntirishga harakat qilaman. Biz ko'plab jihatlar, taktikalar ustida ishlashimiz kerak. SHuningdek, bizga ruhiy tayyorgarlik ham lozim. CHunki bu narsa bizga qarshi to'p tepadigan raqibga ortiqcha muammolar tug'dirishi kerak bo'ladi.
Murabbiy uchun yana bir muhim tomoni shundaki, futbolchilar seni to'liq tushunishi, hurmat qilmog'i darkor. Futbolchilar uchun muhim jihatlardan biri bu - kurashuvchanlik, chiroyli va sifatli futbol namoyish etish va futbolga bo'lgan muhabbatingni o'z suyuklilaringa ko'rsata olishing kerak. Bu juda zarur. Futbolchi o'z muxlislari uchun joy kuydirib o'ynashi zarur.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика