Antonio Konte: “Bugun biz ilk bor sof hujumchisiz o'ynadik”
27 dek 2016 01:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/232683_original.jpg)
![](/upload/storage/232683_220.jpg)
Antonio Konte: “Bugun biz ilk bor sof hujumchisiz o'ynadik”
Malumot uchun, “Stemford Bridj” stadionida kechgan o'yinda “aristokratlar” 3:0 hisobida zafar quchishgandi.
“Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Raqib darvozasini yanada ko'proq ishg'ol qilishimiz ham mumkin edi. SHunday bo'lsada, yigitlar namoyish etgan o'yindan ko'nglim to'ldi.
“Bornmut”ga qarshi bahsda asosiy tarkibning ikki futbolchisi - Diego Kosta va Kantening xizmatlaridan foydalana olmadik. Lekin bu yo'qotishlarga qaramay, vazifani bajardik.
Yana bir jihatga etiboringizni qaratishni lozim topdim. Bugun biz ilk bor sof hujumchisiz o'ynadik. APLda 12ta o'yinda ketma-ket g'alabaga erishish esa bu – fantastika! Endi har bir raqib g'alabali seriyamizni buzishga harakat qiladi”, - dedi BBC Sport kanaliga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar