Antoni Ronalduning raqamiga ega bo'lishi mumkin
31 avg 2022 21:28
Yangiliklar


Antoni Ronalduning raqamiga ega bo'lishi mumkin
"Manchester Yunayted"ga kelishi kutilayotgan Antoniga 7-raqamli libos topshirilishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi borasida "Ayaks" va "Manchester Yunayted" kelishuvga erishdi, biroq hujumchining qaysi raqamda to'p tepishi nomalumligicha qolmoqda.
Antoni Niderlandiyada 11-raqamli futbolkada o'ynardi, MYUda esa bu raqam Grinvudga tegishli.
"San-Paulu"da va "Ayaks"dagi ilk mavsumida kiygan 39-raqamli futbolkani ham Antoni yoqtiradi, biroq u ham MakTominay tomonidan band qilingan.
Xabarlarga ko'ra, agarda jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu klubdan ketsa, uning raqami braziliyalik forvardga taqdim etiladi, Antoni 2018/19 yilgi mavsum o'z vatanida ushbu raqam ostida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar