So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Antoni Marsyal: O'zga sayyoraliklar bor ekan, bizga non yo'q Yangiliklar

Antoni Marsyal: O'zga sayyoraliklar bor ekan, bizga non yo'q

Antoni futbolni qandaydir kasb emas, oddiy va qiziqarli yumush, deb biladi.

Deylik, maydondagi har qanday muammoni samimiy kulgi, hazil-mutoyiba bilan hal qiladi. U Lez-Yulisdagi ilk qadamlaridan shunga odatlangan. Hatto 50 mln. evro evaziga MYUga o'tib, bir mavsum to'p surgani va Franciya terma jamoasi safida 12 marta maydonga tushganidan keyin ham hujumchining tabiati o'zgargani yo'q. 20 yoshli Marsyal Manchesterdagi muvaffaqiyatli debyutidan so'ng o'z oldiga yangi maqsad qo'ygan: u qizil iblislarning shohsupaga ko'tarilishlari yo'lida yanada samarali to'p surmoqchi.

- Antoni, MYUdagi debyut mavsum qanday o'tdi?


- G'oyat baxtiyorman. Dastlabki mavsum uchun yomon o'ynamadim, natijalar ham ko'ngildagidek. Qolaversa, Franciya terma jamoasida debyutimni nishonladim. Bundan ortiq yana nimani orzu qilish mumkin? Buyog'iga yanada yuqori saviyada to'p surib, yangi cho'qqilarni zabt etmoqchiman.

- Aynan qaysi jabhalarda o'sishga erishding?

- Monakoda doimo 70 daqiqadan o'ynardim. MYUda esa deyarli barcha o'yinlarda to'liq vaqt davomida harakatlandim. Aynan shu narsa o'zimga nisbatan ishonch hissini oshirdi.

- APLga osongina moslashganing o'zingni ajablantirmadimi?


- Yo'q, chunki bunday o'zgarishga ruhan tayyor edim. Klub xodimlari va jamoadoshlarim yaqindan yordam berishdi. Biz birgalikda juda ko'p videoyozuvlarni tomosha qildik. Bularning barchasi manfaatim uchun ishladi. Urinishlar zoe ketmadi.

- Angliyada futbolga munosabat chindan ham, o'zgachami?


- Buni tan olmaslikning iloji yo'q. Bu erda hamma faqat g'alaba ilinjida maydonga tushadi. Boshqacha maqsadga o'rin yo'q. Aytaylik, Bu safar durang ham qoniqtiradi qabilidagi tushuncha umuman yot. Xususan, MYU doimo zafarga intiladi. Monakoda bazan o'zimizga erk berishimiz mumkin edi. Ingliz futbolida esa bunday qilish aslo mumkin emas. O'yinlar shiddati misli ko'rilmagan darajada baland, buyuk futbolchilar ko'p. Xullas, muxlislar uchun ajoyib shou!

- Asosan chap qanotda o'ynayapsan. Qanot hujumchisiga aylanib qolish seni xavotirga solmayaptimi?


- Bu masala zarracha tashvishga solmaydi. Nimani berishsa, shuni olaman (kuladi). Qolaversa, Lez-Yulisda doimo aynan qanotda to'p surganman. Murabbiy Marsyal qanotda ko'proq manfaat keltiradi, deb hisoblayaptimi, shu poziciyada o'ynayveraman.

- SHu nuqtani o'zingniki qilib olish niyating bor, shekilli.


- Hammasi ko'ngildagidek ketayotgan ekan, boshqa poziciyaga o'tishimdan nima mano bor? Markazda to'p surganimda, to'p bilan kamroq muomalada bo'lardim. CHunki himoyachilar bu hududga katta etibor qaratishadi. Qanotda esa bo'shliq ko'proq. Bu men uchun ayni muddao.

- Van Gal bilan munosabating qanday edi?


- Alo. U doimo mukammallikka erishishim tarafdori bo'lib, bu haqda o'zimga ko'p gapirardi. Misol uchun, turli videoyozuvlarni berib, xatolar ustida jiddiy ishlashimni takidlardi. Hattoki, gollarim soni 10tadan oshib ketganida ham, xatolarimni ko'rsatib, tanbeh berishdan charchamasdi. To'g'ri, bu ishlar bazida jonimga tegib ketardi, maqtov eshitishni istardim. Lekin murabbiyning men uchun jon kuydirayotganini sezib turardim.

- Xo'sh, bosh murabbiy lavozimiga Joze Mourino tayinlanganini qanday qabul qilding?


- Mamnuniyat bilan. Mou ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan buyuk murabbiy. U bilan shaxsan tanish emasdim. Lekin faoliyatidan yaxshi xabardorman.

- MYU avvalgi mavsumni 5-o'rinda yakunladi. ECHLdan chetda qolish alamlidir...


- Eh, nimasini aytasiz? Ayniqsa, naqd yo'llanma boy berilganida... Axir bizda ECHLga chiqish imkoniyati yo'q emasdi. Tabiiyki, yangi mavsumda nufuzli turnirga qaytishimiz shart. Yashirib nima qildim, hozir ECHL o'yinlarini TV orqali tomosha qilish azobdan boshqa narsa emas. Aminmanki, tez orada omadsizlik davri ortda qoladi. Manchesterga 2 yoki 3 yil to'p surish uchun kelgan emasman. Bunday buyuk jamoada munosib iz qoldirishni istayman.

- Britaniyaliklar nazdida anchayin kamsuqum yigitsan...


- Buni bilaman. Nechog'li baxtiyor yoki hayratda ekanligimni muxlislar sezishmaydi. Bu narsa faqat kiyinish xonasidagi jamoadoshlarimga malum. O'ylaymanki, o'z ehtiroslarimni hammaga oshkor etishim shart emas. Aslida tabiatan xotirjam va sovuqqon yigitman. SHuning barobarida hazil-mutoyibani, chaqchaqlashishni xush ko'raman.

- Pol Skoulz o'tgan yili shunday degandi: Marsyal qulay vaziyatdan foydalanolmagan payt sira achchiqlanmaydi.


- Ha, buni o'qigandim. Ammo ichki kechinmalarim Polga ayon emas. Havoga uchgan qulay vaziyat uchun naqadar achinishim o'zimga malum. Lekin iztirobimni sezdirmaslikka urinaman. Deylik, bitta o'yinda 2ta gol urib, yana 2ta vaziyatni yo'qqa chiqarsam, bundan aslo qanoatlanmayman. Xullas, o'zimga nisbatan  talabchanlikni hech qachon bo'shashtirmayman, mudom kamolot sari intilaman.

- Endi o'z so'zingdan iqtibos keltiramiz: Odatda ortiqcha narsalarni o'ylab, boshimni qotirmayman, futbol - shunchaki, oddiy o'yin.


- Maydonga tushganimdan so'ng men uchun eng muhimi - lazzatlanish, qoniqish hosil qilish. Ayrim kasbdoshlarim kuchli bosim ostida to'p surishadi. Men esa xuddi do'stlarim bilan bahslashayotgandek o'ynayman. Nazarimda, ustun jihatlarimdan biri shu - ortiqcha bosh qotirmaslik. SHunchaki, futbol shaydosiman. Ishonmasangiz, ota-onamdan so'rang. Bolalikda ko'cha changitib o'ynab yurgan kezlarim Antoni, kech bo'ldi. Uyga kirib, darslaringni tayyorla, deb chaqirishardi. Men esa darslarni allaqachon tayyorlab qo'yganimni aytardim. Lekin ko'pincha bu javobim yolg'on bo'lardi (kuladi).

- Lez Yulisdagi damlarni eslab turasanmi?


- Eh, hayotimning eng baxtli onlari... Aynan o'sha erda hozirgacha bordi-keldini kanda qilmagan do'stlarim bilan tanishganman. Bu shahar qalbimdan chuqur joy olgan. Hammasini uning bag'rida o'rgandim.

- Yana 5-10 yildan keyingi Antonini qanday tasavvur qilasan?


- Ko'plab sovrinlarga ega chiqishdan umidvorman. Oltin to'pmi? O-o, u hozircha mendan juda olisda. Toki, anavi o'zga sayyoraliklar bor ekan, bizga o'xshaganlarga non yo'q! Ehtimol, qachondir men ham nufuzli sovringa munosib darajaga chiqarman, ammo hali ko'p ter to'kishim, mehnat qilishim kerak.

- O'zligingni saqlab qolishing qiyin emasmi?


- Yo'q. Boisi, akalarim bor. Sal boshqacha qadam tashlagudek bo'lsam, ular darrov esimni kiritib qo'yishadi (kuladi). Xayriyatki, shu paytgacha yulduzlik xastaligi meni yo'ldan urolmadi. Urolmasa ham kerak.

- Umumiy olganda, o'zingdan mamnunmisan?


- Oilam va futbol bor, o'zim sog'-salomatman. Baxt uchun yana nima kerak? Lekin hali uzoq yo'lni bosib o'tishim, ko'p narsalarga erishishim lozim. Faqatgina faoliyatim tugaganidan keyingina o'zimdan nechog'li faxrlanishimni aniq ayta olaman...

 

Sodiq SOBIR tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика