So’nggi yangiliklar

12:34U-20 Осиё кубоги. Порлаши кутилаётган футболчилар  2 12:31U-20 Осиё кубоги. Ироқ – КХДР (онлайн ҳисоб)  0 12:10Саудия Арабистони элчиси ЖЧ-2034да спиртли ичимликларга рухсат берилмаслигини айтди  0 11:46Месси Adidas компаниясининг янги бутсасини тақдим этди  4 11:25«Челси»нинг асосий футболчиларидан бири камида 1 ойга сафдан чиқди  5 11:10U-20 Осиё кубоги. Терма жамоалар ҳақида фактлар  3 10:59U-20 Осиё кубоги олдидан. Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бу ёшдаги жамоа кўп нарсага қодир, улар чемпионликни ҳимоя қила олади"  1 10:48«Ливерпуль» тарихида бундай ҳолат 113 йилдан сўнг илк бор содир бўлди  8 10:32U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон мусобақанинг дастлабки турларида мағлубиятга учрамаган   2 10:19Златан Ибрагимович: « У сеҳрли футболчи»  2 09:50МЮ 30 йил ишлаган жамоа бошлиғини ишдан олди ва яна...  3 09:22АПЛнинг яна бир машҳур жамоаси араб шайхларининг қўлига ўтиши мумкин  2 08:54«Арсенал» ҳужумдаги жароҳатлар сабабли «Ливерпуль» футболчисини сотиб олмоқчи  3 08:28EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  23 07:56Қўқондаги «Марказий» стадиондаги қурилиш ишлари қандай кетмоқда?  7

Antiqahramondan superqahramonga aylangan tojik "Ramos"i, regbicha zarbalar. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" bahsi nimasi bilan yodda qoldi? Yangiliklar

Antiqahramondan superqahramonga aylangan tojik "Ramos"i, regbicha zarbalar. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" bahsi nimasi bilan yodda qoldi?

Garchand U-23 Osiyo Kubogi nihoyasiga etgan bo'lsa-da, O'zbekistonda futbol davom etadi.

Superliga klublari biroz muddat tanaffusdan so'ng yana chempionatda o'z ishtirokini boshladi. 12-turning dastlabki ikki o'yinidan so'ng kecha ham yana shuncha bahs orqali chempionat uchrashuvlari davom ettirildi. Ulardan biri yaqinda milliy terma jamoa ishtirok etgan Namangandagi "Navbahor" — "Metallurg" uchrashuvi bo'lsa, ikkinchisi bir necha kun ilgari barchaning diqqat markazida bo'lgan stadionda bo'lib o'tgan "Bunyodkor" — "Qo'qon-1912" to'qnashuvi edi. Xo'sh, poytaxtdagi o'yin nimasi bilan yodda qoldi?


Biletlar bisyor, odamlar qani?

Bir necha kun ilgari mazkur muhtasham maydonga qadam ranjida qilish minglab yurtdoshlarimizning armoniga aylandi. Amal-taqal qilib, uchrashuv chiptasini qo'lga kiritgan ko'pgina tomoshabinlar ham cho'ntagidagi hamyonini vazn tashlashiga rozi bo'lgandi. Kechagi o'yin orqali esa futbol shinavandalari faqatgina finalni ko'zlashgani ko'rinib qoldi. Aslini olganda, bu gapga hayratlanayotgan stiker qo'yish manili emas, sababi chempionatning ko'pgina o'yinlarida qimmatli vaqtini ajratgan holda tashrif buyurgan tomoshabinlar qarshisidagi bo'm-bo'sh o'rindiqlar bilan diydorlashgancha uchrashuvlarni kuzatishiga o'rganib qolganmiz. Qolaversa, "Bunyodkor" uchrashuv avvalida 9, qo'qonliklar esa 11-o'rinni band qilishgandi va bu ham o'yinga bo'lgan etibor yaqinda trentga aylangan shakar va buxanka non singari qiymatga ega bo'lolmasdi.


Antiqahramondan superqahramonga aylangan Ergashev

"Qaldirg'ochlar" sardori o'yin davomida unchalik ko'p ko'zga tashlanmadi, bazi vaziyatlarni bartaraf etishda jonbozlik ko'rsatdi. Ammo uning katta sahna markazidan o'rin olishiga so'nggi 5-6 daqiqa kifoya qildi. Gol urilishidan barcha umidini uzib, nursiz durangga rozi bo'layotgan bir pallada vodiyliklar mezbonlarning xatosidan unumli foydalanib, oldinga yurish qildi. Javohir Siddiqov o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi va markazdan jon-jahdi bilan yugurib kelayotgan sherigiga to'pni uzatdi. CHorasiz qolgan Ergashev esa Xojimirzaevni qoidabuzarlik bilan to'xtatib qolishga majbur bo'ldi. Hakam VARga quloq tutdi hamda 11 metrli nuqtaga ishora qildi. Yosovich esa bunday tuhfani mamnuniyat bilan ijro etdi. Darvoqe, markaziy himoyachi bu qoidabuzarlikgacha bosh hakamning sariq rangdagi sovg'asi bilan siylangandi, shu bois bo'lsa kerak, Rahimbek Karimov ushbu vaziyatda cho'ntagiga qo'l solishni istamadi. Ergashev uchun tragedik yakun bo'lishi mumkin edi, biroq ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalar o'tib borayotgan bir pallada futbolchi o'zi kiyib yurgan raqam ostida qaysidir mashhur futbolchi nimalar qila olganligini bir zum yodga oldi hamda o'sha ishni standart vaziyatda amalga oshirdi. SHu tariqa, tojikistonlik 4-raqamli himoyachi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Regbicha zarbalar

Bizga malum-u mashhur bo'lmasa ham, regbi sport turi haqida hoynahoy eshitgan bo'lsangiz kerak. Ularga futboldaqa darvoza ham kerak emas, istagan balandligiga jarima zarbasini ijro etaveradi. Kechagi uchrashuvdagi zarbalarga ham futbol darvozasi torlik qildi. Hisobga monand tarzda jamoalar bir-birlarining darvozalarini 8 marotabadan nishonga olgan bo'lishsa, har birida atigi 2tadan urinish aniq amalga oshirilgan, shulardan yarmi gol bilan tugagan. Qolgan 6 harakatning barchasi darvoza to'ridan o'rin olishiga 2-3 metr masofa etmagan, xolos. 

1-zarba

2-zarba

3-zarba

4-zarba

5-zarba

6-zarba

7-zarba

8-zarba

9-zarba


Nima bo'lgan taqdirda ham chetdan biroz uyquni keltiradigandek taassurot qoldirgan uchrashuv biz uchun unchalik zerikarli bo'lmadi. Hisob o'yinga mutlaqo mos bo'ldi deb bemalol aytish mumkin. Aslida esa ikkala jamoa ham qimmatli 2 ochkodan mahrum bo'ldi. Kelgusi turda "Bunyodkor"ni "Paxtakor", "Qo'qon-1912" jamoasini "Dinamo" kutib turibdi. O'ylaymanki, ushbu uchrashuvlar ham yodda qolarli lahzalarga boy bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика