Ante CHachich: "Xafamiz"
18 iyu 2016 04:05
Yangiliklar
Ante CHachich: "Xafamiz"
- Ajoyib o'yin o'tkazdik. Ammo g'alabani qo'ldan boy berdik. Albatta hammamiz bundan xafamiz. Qo'lga kiritilgan bir ochko bilan CHexiyani tabriklayman. Luka Modrich charchagandi. Uning oyoq mushaklari bilan muammolari mavjud. Luka Modrich Xorvatiya uchun muhim futbolchi. Modrich qiyin mavsumni o'tkazdi. Bundan bir necha hafta oldin Modrich Evropa chempionlar ligasi finalida o'ynagandi. O'ylashimcha, Modrich keyingi bellashuvda jamoamizga yordam bera oladi.
Terma jamoa boshqaruviga o'tganimdan buyon bugun o'zimizning eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Lekin bu Evropa chempionati. Bu erda hamma jamoalarning imkoniyatlari teng. G'alaba qozonishimiz kerak bo'lgan o'yinda ikki ochkoni yo'qotdik. CHexiya gol urishiga qadar biz hammasini ideal tarzda amalga oshirayotgandik. Ammo goldan so'ng konsentraciyani yo'qotdik. Bu kabi zarbalar jamoamizni kuchli qiladi. Bu futbol.
Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV
Fikrlar