Ante CHachich: "Modrich har qanday maqtovlarga loyiq"
13 iyu 2016 03:56
Yangiliklar
Ante CHachich: "Modrich har qanday maqtovlarga loyiq"
- Luka Modrich maqtovlarga loyiq. Uni har qancha maqtasa arziydi. Turkiyaga qarshi Modrich o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi.
Modrich Xorvatiyaning etakchi futbolchisi. Luka ajoyib formada bo'lishi biz uchun juda muhim. Qachonki Modrich yaxshi o'ynasa, unda Xorvatiya ham ko'ngildagidek ko'rinadi.
Turkiya bilan o'iyn kutilganidek qiyin o'tdi. Turnirdagi ilk o'yin bo'lgani uchun ham ikkala jamoa qiyinchilikka duch keldi. Bugun ko'p vaziyatlarda omadimiz ham kelmadi. Aks holda hisob yirikroq ko'rinish olishi mumkin edi. Biz hali guruhdan chiqqanimiz yo'q. Yigitlarga Turkiyadan ham ko'ra CHexiya bizni cho'chitishini aytib o'tdim. G'alabani unutmoq lozim. Butun jamoa keyingi o'yin haqida qayg'urishi kerak. Xorvatiya har bir o'yinda g'alaba uchun kurashadi.
Fikrlar