So’nggi yangiliklar

07:20МЛС. "Интер Майами" - "Нью-Йорк Ред Буллс" 6:2   0 07:15МЛС. «Интер Майами» «Нью-Йорк Ред Буллс»ни «сочиб ташлади». Суаресдан хет-трик  7 06:55Серия А. "Сассуоло" - "Интер" 1:0   0 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Веҳда" 6:0   0 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Атлетико Мадрид" 0:1   0 06:40ЛаЛига. "Жирона" - "Барселона" 4:2   0 06:35ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 06:30АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон" 5:1   0 06:25АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0 06:20Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 06:15Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  3 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  11 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  6

Antaliyadagi intervyu. Denis Romanenko: "Namanganda yutsangiz bemalol ko'chada yura olasiz. Yutqazgan kuningiz yaxshisi uyda qolishingiz kerak" Yangiliklar

Antaliyadagi intervyu. Denis Romanenko: "Namanganda yutsangiz bemalol ko'chada yura olasiz. Yutqazgan kuningiz yaxshisi uyda qolishingiz kerak"

Antaliyadagi so'nggi kunimizda "Andijon" Molodovaning "Petrokub" jamoasi bilan nazorat uchrashuvida to'qnashdi.

Raqib jamoa murabbiylar shtabiga etibor berar ekanman Denis Romanenko nomiga ko'zim tushdi. Suratlarni, malumotlarni aniqlashtirsam bu 2011-2013 yillarda "Dinamo" va "Navbahor" darvozalarini qo'riqlagan sobiq darvozabon. O'yin vaqtida ko'rishdik. U saytimizga kichik intervyu berishga rozi bo'ldi. 

"Navbahor"ni doim yoqimli xotiralar bilan eslayman. Namangan ajoyib shahar va muxlislari ham shunga yarasha. Stadionga kelgan muxlislar jamoaning natijasidan mamnun bo'lishlari uchun oxirigacha kurashar edik. Kosonsoydagi arena yodimdan chiqmaydi. "Navbahor" o'ynagan vaqtda ishqibozlar stadionni to'ldirib o'tirishardi", - deydi Denis Romanenko. 

"Bu jamoa hozir o'zbek futbolining etakchilaridan biri. Hozir ko'p narsa o'zgarganini bilaman. Yangi maydon, kuchli tarkibga ega. CHunki Kosonsoyda to'p tepganimizda bunday sharoitlar yo'q edi. Jarohat olishlar ko'p bo'lardi. "Navbahor" va o'zbek futbolini kuzatib boraman. "Lochinlar" o'tgan yili kumush medallariga ega chiqdi. Sanjar Asqaraliev bilan aloqalarni saqlab qolganman. Fursatdan foydalanib, barchaga salom yo'llayman". 

"Eng yodda qolgan o'yin "Bunyodkor"ni o'z maydonimizda 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganimiz. "Bunyodkor" o'sha payt yulduzli tarkibga ega edi. Bir narsani aytishim kerak, Namanganda yutsangiz bemalol ko'chada yura olasiz. Yutqazgan kuningiz yaxshisi uyda qolishingiz kerak (kuladi). Bu shunday futbol sevar shahar. Ko'proq dovondagi taksislar bilan qiziqarli voqealar bo'lardi", - deydi namanganliklar sobiq darvozaboni. 

"Navbahor" libosidagi so'nggi uchrashuvim "SHo'rtan"ga qarshi kechgan. O'yinda jarohat olgan edim. Hozir esa "Petrokub" va Moldova terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boryapman. Hayot davom etmoqda. 

"Navbahor"da bu mavsum maqsadi jiddiyligi aniq. Jamoa bu yil ham chempionlik uchun kurashadi, deb o'ylayman. Klubning yaxshi homiyga egaligi haqida eshitdim. Bunday muxlislar albatta chempionlikni birga nishonlashga haqlidirlar. Jamoaga omad tilayman", -  deya so'zlarini yakunladi Denis Romanenko.

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика