Ansu Fati Ispaniya pasportini olishga yaqin

Alisher
19 sen 2019, 13:45
"Barselona" hujumchisi Ansumane Fati kelajagi borasida muhim qaror qabul qildi.

16 yoshli Fati juma kuni Ispaniya pasportini olishi kutilmoqda.

Bu jarayonlar bir necha oy oldin Fatini Ispaniyaning 17 yoshgacha terma jamoasiga jalb qilish maqsadida boshlangan.

Oldinroq, futbolchining Ispaniya yoki Gvineya-Bisau termalaridan birini tanlash haqida bosh qotirayotganligi aytilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Fati 2002 yil 31 oktyabr kuni Gvineya-Bisau poytaxti Bisau shahrida tug'ilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS