Ansu Fati "Barselona" shifokorlaridan norozi
21 apr 2022 13:16
Yangiliklar
Ansu Fati "Barselona" shifokorlaridan norozi
"Ko'k-anorranglilar" yosh iqtidori klub shifokorlarining maslahatidan norozi.
Ular futbolchiga yanvar oyida "Atletiko"ga qarshi bahsdagi jarohati sabab jarrohlik stoliga yotishi kerakligini aytishgan.
Fati operaciyaga rozi bo'lmadi va davolanishning boshqa yo'lini tanladi. Futbolchi va uning oilasi klubning turli vakillari bilan, jumladan, murabbiy Xavi va doktor Rikard Pruna bilan uchrashishgan. Ularning barchasi Ansuga operaciya zarur deb hisoblagan. SHunday bo'lsada 19 yoshli futbolchi o'z fikrida qoladi.
Hozir futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi, lekin agarda ishga jarrohlar aralashganda Fati ko'proq vaqtni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishi talab qilinardi.
Fikrlar