Anri: "Ibragimovich Manchester derbisiga o'xshash o'yinlar uchun tug'ilgan"
10 sen 2016 10:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/220597_original.jpg)
![](/upload/storage/220597_220.jpg)
Anri: "Ibragimovich Manchester derbisiga o'xshash o'yinlar uchun tug'ilgan"
Zlatan Ibragimovichning "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Terri Anrining fikricha, shved "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti"ga o'xshash yirik bahslar uchun tug'ilgan.
"Zlatan shunday o'yinlar uchun tug'ilgan. Ibragimovich o'z faoliyatini yakunlashga yaqin, u avvalgidek yosh emas. Unda g'oliblik ruhiyati bor.
Unga ikkinchi bo'lish yoqmaydi. Qaerga bormasin, u liga g'olibiga aylangan. Zlatan gollar urishda davom etadi. U eng yaxshi to'purarga aylanishi mumkin" - deydi Anri.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar