So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  4 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

"Anji"ga qarshi bahsdan so'ng Valeriy Karpin SHomurodovni maqtadi Yangiliklar

"Anji"ga qarshi bahsdan so'ng Valeriy Karpin SHomurodovni maqtadi

"Rostov" hamda "Anji" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 12-tur o'yinidan so'ng (1:0) rostovliklar ustozi Valeriy Karpin bahs haqida fikr bildirdi.

- Jamoani nima uchun maqtashim kerak? Hammasi uchun. Masalan, ajoyib birinchi taym tufayli. Rejalashtirgan barcha ishimiz amalga oshdi. Tezkor pressing, to'p yo'qotishdan so'ng uni olib qo'yish. Tezkor gol urmoqchi edik, vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo hammasidan ham foydalana olmadik. Bu mening qo'l ostimdagi eng yaxshi birinchi bo'lim bo'ldi. Har tomonlama. So'nggi soniyalarni hisobga olmasak, bahsning ikkinchi qismi ham muvaffaqiyatli o'tdi. Birinchi bo'limda hujumimiz mashq qildi, ikkinchisida esa himoyamiz.

- Jamoani muammosi bor raqibga qarshi tayyorlash qiyinmi?

- Yo'q. Biz bungacha ikkita o'yinda mag'lub bo'ldik, diqqatni bir joyga to'plashda muammo bo'lmadi. Yigitlarga "Anji" pul uchun emas, o'zi uchun o'ynayotganini aytdim. Ular uchun har bir o'yin xuddi so'nggi uchrashuvdek. Futbolchilar hozirdanoq o'zini boshqa klublarga sotishyapti.

- Skopincevning chetlatilishi haqida nima deya olasiz?

- Bu o'yin taassurotiga tasir ko'rsatdi. Boshqa o'zgarishlar bo'lishi kerak edi. Bazi rejalar parchalandi, o'zgarishlar bo'ldi. Ammo chetlatishdan so'ng qanot himoyachisi joyida o'ynagan Eldor SHomurodovni alohida takidlab o'tishim kerak.

- Skopincevga nisbatan qandaydir choralar ko'riladimi?

- Urishib beramiz, ammo bu hech narsani o'zgartirmaydi. CHetlatilish amalga oshib bo'lgan.

- Tarkibda o'zgarishlar bo'ldi. Abaev va Ionov maydonga tushmadi. "Lokomotiv"ga qarshi bahsdan so'ng shunday qarorga keldingizmi?

- Bugun Ionov yoqtiradigan bo'sh hududlar bo'lmadi. Boshqa hujumchidan (Eldor SHomurodov) foydalanishga to'g'ri keldi. Tanlovim o'zini oqladi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика