"Anji" - SSKA uchrashuvini Xabib Nurmagomedov ochib beradi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2018, 15:49
"Anji" hamda SSKA o'rtasida o'tkaziladigan RPLning 11-tur uchrashuvida to'pga birinchi bo'lib engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov tegadi.

Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Xabib Nurmagomedov UFC sobiq chempioni Konor MakGregorni mag'lubiyatga uchratgan edi.

"19 oktyabr kuni soat 16:00da "Anji Arena"da bo'ladigan "Anji" o'yinida ko'rishamiz. Raqibimiz Moskvaning kuchli klublaridan biri - SSKA. Jamoaga sizning qo'llab-quvvatlashingiz kerak.

2001 yil "Dinamo" stadioniga kirish uchun ikki marta arenani aylanganman, chunki chiptaga pulim yo'q edi, "Anji"ga muxlislik qilishni istagandim, natijada Gaziyav degan tanishimni topdim, biz u bilan bir zalda shug'ullanar edik. U meni pulsiz o'tkazib yubordi. O'tiradigan joylar yo'q edi, shu sababli o'yinni 90 daqiqa turib tomosha qilganman. Mana deyarli 20 yil o'tdi va ko'p narsalar o'zgardi" - deb yozdi Xabib Nurmagomedov "Instagram"dagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com