

Manchester klubi Xabibni o'z bazasiga taklif qildi. U yerda Nurmagomedov o'zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov bilan ham uchrashdi.
"Bir soat davom etgan uchrashuvimiz davomida bir og'iz ham gapirmadi (kulgan emoji). Alloh seni asrasin, birodarim. Butun O'zbekiston xalqi senga katta umid bog'layapti. Bo'shashma va faqat oldinga", -deb yozadi Xabib Nurmagomedov Abduqodir bilan uchrashuv haqida.




