So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Aniq maqsadi yo'q jamoa, kapitani yo'q kemaga o'xshaydi". SHenol Gyuneshning hayotiy qoidalari Yangiliklar

"Aniq maqsadi yo'q jamoa, kapitani yo'q kemaga o'xshaydi". SHenol Gyuneshning hayotiy qoidalari

SHenol Gyunesh 2002 yilgi Jahon CHempionatida Turkiya termasi ustozi bo'lib jamoasiga uchinchi o'rinni olib bergandi.

Bundan tashqari, u Janubiy Koreyada ham faoliyat yuritgan. U ilk bor Turkiya klubini UEFA CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi. Bugun sizlar bilan ham futbolda, ham hayotda ulkan tajribaga ega inson haqida gaplashamiz.

Men 15 yoshimgacha Trabzon shahrida yashaganman. O'sha payt do'stlarimning turli xil o'yinchoqlari bo'lardi. Mening sevimli mashg'ulotim esa to'p tepish edi. Imkon yo'qligida hattoki, plastmassadan koptok yasab, do'stlarim bilan to'p tepgan paytlarimiz ham bo'lgan. Buning bizga ahamiyati yo'q edi. Asosiysi birgalikda futbol o'ynashimiz edi.

Gohida bolalikda futboldan zavqlanganingiz, xursandchilik, hamkorlik, mag'lubiyat alami kabi hissiyotlar professional ligaga qadam qo'yganingizda sizni tark etadigandek tuyuladi.    

“Trabzonspor” jamoasiga o'tganimda shifokorlar futbolni tashlashim kerakligini takidlashgan. CHunki belim bilan bog'liq muammolar bunga to'sqinlik qilayotgandi.

Men ko'p bor jarohat olganman. Futbol — ajoyib o'yin. Balki, shuning uchun ham, og'riqlarga qaramay bu sport turidan ketishni xohlamagandirman.  

Biz yaxshi natijalarga erishdik, menimcha, darvozabon sifatida yomon o'yin ko'rsatmadim. Avvaliga, bu menga yoqmagandi. Lekin kasbimni sevganim sababli 20 yil shu sohada faoliyat yuritdim.

Vaziyat ko'p bor o'zgardi. Qumli maydondan tortib, materiallar etishmovchiligi, vaqt kamligi, darvozabon qo'lqopi yo'qligi uchun o'yinda ishtirok etolmaganmiz va homiyga muhtojlik sezganmiz. Lekin bundan tushkunlikka tushib qolmay, qiyin vaziyatlardan qanday chiqib ketish yo'lini izlaganmiz.

Men hali futbolchi bo'lgan paytimda bosh murabbiy sifatida ham ishlaganman. Jamoa sardori bo'lganim uchun bazida mashg'ulot o'tkazishga, bazida esa murabbiylik shtatidagilarga yordam berishga to'g'ri kelardi. O'sha paytdan boshlab jamoani qanday boshqarish kerakligini o'rganib borgandim.

Men 4 yil o'rta maktab o'qituvchisi sifatida ishlaganman. Bu kasblar bir-biriga juda o'xshaydi. Har ikkisida ham siz odamlarni bir guruhga birlashtirgan holda boshqarishingiz kerak. O'qituvchi to'g'ri yo'lni ko'rsatib, aniq maqsad sari sizni etaklaydi. Murabbiyning niyati ham xuddi shunday.

Aniq maqsadi yo'q jamoa kapitani yo'q kemaga o'xshaydi.

Mening vatandoshlarimga sabr etishmaydi. Ular kutishni yomon ko'radi. Agar biroz ushlanib qolsangiz, janjalning tagida qoldim deyavering. Janubiy Koreyada esa bunday holatni umuman uchratmaysiz. Ular sabrli, qancha desangiz shuncha kuta oladi.

Agar chempion bo'lishni istasangiz, xuddi chempiondek yashashingiz kerak. Xatti-harakat, nutq, o'yin uslubi kabi hislatlaringiz bir-biriga doimo mos kelishi shart.

Siz ko'radigan kino qiziqarli bo'lishi kerak. Agar u sizga yoqmasa, u holda vaqtingizni bekorga sarflagan bo'lasiz. Futbol muxlisi ham o'yindan zavqlanish uchun stadionga boradi. Agar o'yinchi maydonda hujum qilmay, to'pni u yoqdan bu yoqqa sudrab olib yuraversa, tomoshabin zerikadi va ketkazgan vaqtiga achinadi. Bu murabbiy va jamoaning kamchiligi, mag'lubiyati hisoblanadi.  

Obro', lavozim va pul —hech kimga umrining so'ngigacha berilmaydi. O'zlikni saqlab qolish insonning eng asosiy vazifasi deb o'ylayman.

Har kimning futbol haqidagi fikri turlicha. Menimcha, yosh bola ham, mutahassis ham tanqid qila oladi. SHuning uchun, men tanqidni to'g'ri qabul qilaman.    

Futbol sohasidan ketganimdan so'ng yozuvchi bo'lsam kerak. CHunki kitob yozish niyatim bor.


UEFA rasmiy saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика