Angliyaning ikki klubi Koutinoni APLga qaytarishga tayyor
25 sen 2021 01:51
Yangiliklar
Angliyaning ikki klubi Koutinoni APLga qaytarishga tayyor
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yanvar oyida Angliyaga qaytishi mumkin.
"El Nacional" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 29 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishga tayyor. U bilan shartnoma imzolash uchun "Arsenal" va "Tottenxem" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Liverpul" esa bosh murabbiy Yurgen Kloppning qarori sababli uni ortga qaytarishni istamadi.
Ushbu mavsumda Koutino "Barselona" tarkibida 3 o'yinda qatnashdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.
Fikrlar