Angliyada yana shov-shuv! "Manchester Siti" moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda ayblanmoqda
25 iyu 2021 14:36
Yangiliklar
Angliyada yana shov-shuv! "Manchester Siti" moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda ayblanmoqda
"Daily Mail" nashri Angliya futbolida shov-shuv ko'tarmoqda.
Nashr 2011/12 yilgi mavsumda yozilgan yozishmalarni taqdim qildi. Unga ko'ra, "Menchester Siti" "Etihad Shirt" homiyligidan 4 million funt qabul qilgan. O'sha yilgi hisobotda klub ushbu homiylikdan 12 million funt qabul qilib olganini yozgan. Bu esa moliyaviy feyr-pleyni buzishga kiradi.
Eslatib o'tamiz, 2020 yili UEFA moliyaviy feyr-pleyni buzganligi uchun "Manchester Siti"ni 2 yilga evrokuboklardan chetlatgandi. O'shanda UEFA klubning 2012-2016 yilgi hisobotlarida qing'irliklarni aniqlagandi. Yaqin vaqtlar ichida UEFA yana tekshiruv boshlashi kutilmoqda.
Fikrlar