So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Angliyada katta futbol bayrami Yangiliklar

Angliyada katta futbol bayrami

Teglar :  APLPrevyu
Bugun Angliyada Premer-liganing 24-tur bellashuvlariga start beriladi.

Quyida APLning navbatdagi turiga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

"Brayton" - "CHelsi"

"Brayton" hozir inqirozdalar. Jamoa chempionatda oxirgi 9 bellashuvda faqat bitta g'alabani qo'lga kiritdi va 6 ochko jamg'ardi. Kris Xyuton shogirdlarining g'alabasiz seriyasi to'rtta o'yinga etdi. Jamoa xavfli zonaga yaqinlashib qoldi.

"CHelsi"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 11ta o'yinga etdi. Lekin, jamoa huddi bugungi raqibi kabi inqirozda desak bo'ladi. Sababi, Antonio Konte shogirdlari barcha musobaqalardagi so'nggi beshta uchrashuvda faqat durang o'ynamoqda. G'alabasiz seriya "aristokratlar"ni turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasiga tushirib yubordi.



"Arsenal" - "Kristal Pelas"

"Arsenal" 2017 yilning 22 dekabridan beri barcha musobaqalarda 7ta o'yin o'tkazdi. Ularning faqat bittasida g'alaba qo'lga kiritildi, 4 durang va 2 mag'lubiyat. "Kanonirlar" uchun safarda yutqazish odatiy hol bo'lib qoldi. O'tgan turda "Bornmut"ga hisobda oldinda borayotib yutqazib qo'ygan Arsen Venger shogirdlari 39 ochko bilan jadvalda 6-pog'onada borishmoqda. Kamiga jamoadan Aleksis Sanches ketmoqda. Lekin, jamoa Obameyang, Malkom va Mxitaryan transferlari ustida ishlamoqda.

Roy Xojson "Kristal Pelas"da yaxshi ishlamoqda. Tajribali mutaxassis "burgutlar"ga g'alaba qozonishni o'rgatdi. O'tgan turda jamoa ishonchli himoyaga ega "Bernli"ni nolga o'ynab engdi. Xojson kelganidan keyin "Pelas" 25 ochko jamg'argan holda, jadvalning 12-o'rniga ko'tarilib oldi.



"Bernli" - "Manchester Yunayted"

"Bernli" birinchi davrani fantastik tarzda o'tkazganidan keyin oxirgi bir oyda o'zini yo'qotib qo'ydi. SHon Daych shogirdlari so'nggi bor 2017 yilning 12 dekabr kuni g'alaba qozonishgan, ularning g'alabasiz seriyalari 7ta o'yinga etdi. "Bernli" oxirgi oyda yo chempionat etakchilariga qarshi yoki o'sha paytda yaxshi formada bo'lgan jamoalarga qarshi o'ynamoqda.

"Manchester Yunayted" oxirgi 6 uchrashuvda 3ta g'alabani qo'lga kiritdi va 3 bor duroang o'ynadi. "Qizil iblislar" oxirgi 3ta o'yinni umumiy hisobda 7:0ga yutdi, MYU barcha musobaqalarda 424 daqiqadan beri gol o'tkazmayapti. Joze Mourino shogirdlari jadvalda hamshaharlaridan keyin ikkinchi o'rinda borishmoqda va nazariy jihatdan hali chempionlik uchun umidlarini uzishmagan.

Bu jamoalar birinchi davrada 2:2 hisobida durang o'ynashgan. Bu safar manchesterliklar o'shanda yo'qotilgan ochkolarni qaytarib olishlari mumkin.



"Vest Xem" - "Bonmut"


"Lester" - "Uotford"

"Lester" 2018 yilda hamon gol o'tkazmay kelmoqda. "Tulkilar" 374 daqiqadan buyon o'z darvozalaridan to'p olib chiqishmadi. O'tgan tur jamoa safarda "CHelsi" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Ayni paytga kelib "Lester" 31 ochko bilan APLda 8-pog'onani egallab turishibdi.

"Uotford" mavsum startini yaxshi boshlaganidan keyin qishki o'yinlarda o'zini yo'qotib qo'ydi.Oxirgi ikki oydagi omadsiz uchrashuvlardan keyin "arilar" turnir jadvalida 10-o'ringa tushib ketishdi.



"Stok Siti" - "Xaddersfild"


"Everton" - "Vest Bromvich"


"Everton"ning omadli o'yinlari uzoq vaqt davom etmadi. "Irislar" mavsumning oxirgi 4 o'yinini umumiy 1:10 hisobida boy berishdi. Oxirgi turda Sem Ellardays shogirdlari  safarda "Tottenxem"ga 0:4 hisobida yutqazdi. Jamoa 27 ochko bilan to'qqizinchi o'rinni band etishgan.

"Vest Bromvich" o'tgan turda "Brayton"ni mag'lub etdi (2:0) va bugungi bellashuvga ko'tarinki kayfiyatda keldi. Bu g'alaba "Bromvich" uchun APLda oxirgi 21 o'yindagi birinchisi bo'ldi. Jamoa 19 ochko jamg'argan holda 19-o'rinda bormoqda.



"Manchester Siti" - "Nyukasl"


"Manchester Siti" o'tgan turda o'zining mag'lubiyatsiz seriyasini barbod qildi. Gvardiola shogirdlari safarda Kloppning "Liverpul"iga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'sha uchrashuv hozircha 2018 yilning eng zo'r o'yini bo'lib turibdi. Mag'lubiyatga qaramay, "shaharliklar" turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirishmoqda. Jamoa hisobida 62 ochko mavjud.

"Nyukasl" oxiogi to'rtta o'yinda mag'lub bo'lmay kelayapti. O'tgan dam olish kuni "hakkalar" "Suonsi" bilan ochkolarni bo'lishib olishdi - 1:1. Benites jamoasi 23 ochko bilan xavfli zonadan chiqib oldi.

Jamoalar orasidagi farqning katta ekanligi va "Siti" o'tgan turdagi mag'lubiyatdan g'azabda ekanligini inobatga olsak, bugun mehmonlarga juda qiyin bo'ladi.



Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика