Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi
17 noy 2018 15:10
Yangiliklar


Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi
Angliya Premer-ligasi klublari 2019 yildagi yozgi transfer oynasi yopilish sanasi bo'yicha kelishib olishdi.
Malumotlarga ko'ra, klublar transfer oynasi mavsum boshlanguniga qadar, yani 2019 yilning 8 avgustida yopilishiga ovoz berishdi. Eslatib o'tamiz, 2018 yildagi yozgi transfer oynasi ham mavsum startidan avval yopilgan edi. Tajriba ingliz jamoalariga yoqdi va klublar buni davom ettirishga qaror qilishdi.
Bundan avval transfer oynasi 31 avgustda yopilar edi, ko'plab klublar murabbiylari esa bundan norozi bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar