Angliya U-17 termasi bosh murabbiyi: "O'z darajamizdan past o'ynadik"
22 noy 2023 18:40
Yangiliklar
Angliya U-17 termasi bosh murabbiyi: "O'z darajamizdan past o'ynadik"
U-17 Jahon chempionatida O'zbekistondan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Angliya termasi bosh murabbiyi Rayan Garri fikrlarini bildirdi.
"Biz o'z darajamidan past o'ynadik, buni tan olaman. To'pni o'zimizda juda ko'p ushlab turdik va ko'plab yarimta vaziyatlarga ega bo'ldik. Ikkala jarima maydonchasi ichida etarlicha sovuqqon bo'lolmadik. O'tkazib yuborilgan birinchi goldan jaxlim chiqdi, bundan etarlicha saboq olamiz.
Umuman olganda turnirda 4ta yaxshi o'yin o'tkazdik. Bunday darajadagi musobaqalarda mayda detallar hammasini hal qiladi va biz buni tushunib oldik. Bu yoshlar uchun biroz achinaman, chunki oldimizda katta muddatli maqsadlar bor va ular o'zidan katta yoshdagilar bilan o'ynashga ham tayyor.
Ishonaman, biz nafaqat ushbu o'yin, balki, guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlardan o'zimiz uchun etarlicha hulosa chiqaramiz", - dedi Rayan Garri.
O’xshash yangiliklar
19:33
Ukraina chempionatining 2017 yildagi eng yaxshi murabbiyi "Neftchi" U-21 jamoasida ish boshladi 9
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar