Angliya TJ himoyachisi yaqin orada “Arsenal” azosiga aylanadi
24 iyu 2021 21:05
Yangiliklar
Angliya TJ himoyachisi yaqin orada “Arsenal” azosiga aylanadi
Bu haqda jurnalist Devid Ornsteyn xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Arsenal” himoyachi Ben Uaytning transferi bo'yicha “Brayton” bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
“To'pchilar” futbolchi sotib olish uchun “Brayton”ga 45+5 mln funt taklif etdi. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Boshqa klublar Uayt borasida taklif bilan chiqmagan.
23 yoshli ingliz 2020/21 yilgi mavsum klub miqyosida 39 o'yinda qatnashdi.
Fikrlar