Angliya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi SHveycariya bilan o'ynaymaydi
10 sen 2018 15:30
Yangiliklar
Angliya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi SHveycariya bilan o'ynaymaydi
"Tottenxem" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli SHveycariyaga qarshi bahsda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.
Malumotlarga ko'ra, futbolchi kichik jarohat tufayli maydonga tushmaydi.
Angliya va SHveycariya o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini ertaga, 11 sentyabr kuni Lesterdagi "King Pauer" stadionida bo'lib o'tadi.
Angliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasini mag'lubiyat bilan boshladi. Ular birinchi turda Ispaniyaga yutqazib qo'yishdi. Dele Alli ushbu o'yinda to'liq ishtirok etdi.
Fikrlar