Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisiga jigar ko'chirib o'tkazildi
06 okt 2023 13:49
Yangiliklar
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisiga jigar ko'chirib o'tkazildi
Transplantaciya juda zarur edi, deyiladi Angliya OAV xabarida.
Angliya termasi sobiq azosi Kiron Dayer jigarni ko'chirib o'tkazish operaciyasini boshdan kechirdi.
2021 yilda "Nyukasl" va "Vest Xem" sobiq yarim himoyachisi unga birlamchi sklerozan xolangit tashxisi qo'yilganidan keyin transplantaciya zarurligini malum qilgandi.
44 yoshli Dayer bugun kasalxonadan chiqdi.
Futbolchilik faoliyati davomida u "Nyukasl" afsonasi maqomini olgan. U "hakkalar" safida 250 ta o'yin o'tkazib, 36 ta gol urgan va 44 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Faoliyatini yakunlaganidan keyin Britaniya televideniesida futbol eksperti bo'lgan. SHuningdek, "Ipsvich" va "CHesterfild" jamoalarida murabbiy bo'lib ishlagan.
Fikrlar