So’nggi yangiliklar

16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  1 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  3 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  3 15:28Клопп қайтмоқда!  4 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  1 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  19 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  6 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  1 14:05"Пахтакор" Абдуманноповнинг дубли эвазига "Локо"ни таслим қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:55Элит ОЧЛ. "Пахтакор"нинг 1-турдаги рақиби сафидаги энг машҳур легионер ким? У Жаҳон ва Европа чемпионатларида гол урган  6 13:42Елкасидан жароҳат олган Сардор Рашидовнинг ҳолати қандай?   10 13:25Наманган вилояти ҳокими ўринбосари "Навбаҳор"га ҳомийлик учун пул олиб, шахсий манфаатларига ишлатиб юборгани аниқланди  40 12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  8 12:35Салоҳ — "1-турлар қироли"  2

Angliya Superkubogi. "Arsenal" - "Manchester Siti" 3:0 Yangiliklar

Angliya Superkubogi. "Arsenal" - "Manchester Siti" 3:0

Angliya Superkubogi uchun "Arsenal" va "Manchester Siti" o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.

                          MATNLI TRANSLYACIYA
                                    
YANGILASH

Etiboringiz uchun raxmat. Hamisha sog' va salomat bo'ling!

"Manchester Siti" ishqibozlariga sabr tilab qolamiz, "Arsenal" muxlislariga esa g'alaba muborak bo'lsin. Bugun ular xursandchilik qilishga xaqlilar.

90+2-daqiqa Uchrashuv yakunlandi. Hal qiluvchi musobaqa bo'lmasada, kubok uchun bo'lgan final uchrashuvida "Arsenal" "Manchester Siti"dan ustun keldi.
  
90+1-daqiqa "Man Siti" muxlislari sekin-asta stadionni tark etishmoqda, axir hali uygacha etib olish kerak.
 
90-daqiqa Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
Milner Navasning uslubida qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga oshirdi, lekin u erda hamon "to'pchilar" hukm surmoqda.

89-daqiqa
SHensni to'pni uzoq vaqt o'zida ushlab turdi va yoniga Yovetich yugurib kelganidan so'nggina tepib yubordi.
  
88-daqiqa
"Manchester Siti" xatto oldinga ham o'tgisi kelmay qoldi, yoki raqib bunga imkon bermayabdimi...

84-daqiqa O'zgarish: "Arsenal"da  Joel Kempbel, "Man Siti"da Skot Sinkleyr maydonga tushdi.

76-daqiqa
Londonlik muxlislarning ko'chasida bugun bayram. 
 
74-daqiqa
"Siti" esa taqdirga tan bergandek...

72-daqiqa
"Arsenal"ni ushbu natija qanoatlantirishi tabiiy va shu sababli ular oldinga o'tishga shoshilishmayapti.
 
70-daqiqa
"Arsenal" ancha ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Yaya Ture, Xesus Navas va yana bir qator yulduzli "shaharliklar" raqib darvozasi tomon yo'l topa olishmayapti. 

69-daqiqa
So'nggi yillarda, statistik malumotlarga ishonsak, "to'pchilar" ko'proq o'ng qanotdan hujum uyushtirar ekanlar. Bugungi uchrashuvning birinchi bo'limida ham bunga guvoh bo'ldik. Yangi jamoadoshligiga qaramay Sanches+Debyushi juftligi ancha faol o'yin namoyish etishdi va jamoaning gollarida bevosita ishtirok etishdi.
   
67-daqiqa
"Man Siti" futbolchilari avvaliga hech bo'lmasa bitta gol urishga intilishmoqda.

65-daqiqa O'zgarish: Santi Kasorla o'rniga Tomash Rosicki

64-daqiqa
Yaqindagina maydonga tushgan Sukulini hammani "o'rish"bilan ovora. Navbat darvozabon SHensniga. Darvozabon maydonda cho'zilib yotibdi. 

62-daqiqa O'ngroqdagi sherigidan to'pni qabul qilib olgan Jiru, tana harakati bilan to'pni oldinga o'tkazib oldi va Kabaleroning oldinroqqa chiqqanidan foydalanib, to'pdan ko'zinin uzmay turib ham, uni  darvozabonning bo'yidan oshirib tashlab qo'ydi.
 
61-daqiqa GOOOOOL!!! Olive Jiru!!! 

59-daqiqa
Ko'ramiz yangi futbolchilar jamoasi o'yiniga o'zgartirish kirita olarmikin.

58-daqiqa Yaya Ture va Edin Jeko maydonni tark etishdi.

57-daqiqa
Yana o'zgarishlar tayyorlanmoqda. Sukulini va Milner maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda.

55-daqiqa "Manchester Siti"ning tezkor hujumi David Silvaning zarbasidan so'ng, SHensni katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

54-daqiqa Burchak to'pi. Uzoq harakatlardan so'ng Klishi to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.
 
52-daqiqa
Navas qanotdan oldinga qochib ketdi va jarima maydonchasiga to'pni etkazib berdi. Yovetichning zarbasi noaniq.

49-daqiqa
Ketma-ket "Arsenal" hujumlari qoida buzish yo'li bilan to'xtatib qolinmoqda.

48-daqiqa
Siti oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi, Monreal o'z o'rnida.

47-daqiqa Uchrashuvning ikkinchi bo'limi kurashlar bilan boshlandi.

O'zgarishlar: Nasrining o'rniga David Silva,
Yaya Sanogo o'rniga Olive Jiru, Loran Koselni o'rniga Nacho Monreal, Aleksis Sanches o'rniga Oksleyd-CHemberleyn.

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda.

Birinchi bo'limda "Arsenal" har jabhada raqibdan ustunlik qildi.Buni statistika ham ko'rsatib turibdi. Zarbalar: 7-3 (3-0), o'yindan tashqari holat: 2-0 va xatto qoida buzish bo'yicha ham kichik ustunlik Arsen Venger shogirlari tarafida: 7:6.
    
"Arsenal" uchrashuvni yorqin va tezkor o'yin bilan boshladi va raqibni esankiratib qo'ya oldi. Tezkor goldan so'ng ham "Man Siti" raqib jarima maydonchasiga yaqinroq xududda aytarli hech nima qila olmadi. Ana endi murabbiylarning (bu gap ko'proq Pellegriniga tegishli) bosh qotirish navbati!!!
 
45+1-daqiqa
Qo'shib berilgan daqiqa ham maydon markazida o'tib ketdi. Tanaffus.

45-daqiqa Har ikki jamoa birinchi bo'lim fkunlanishini kutayotganday. Hakam esa 1 daqiqa qo'shib berdi.

44-daqiqa Saaal qolsa, Sanches darvozabon bilan "uchrashuv"ga chiqib ketay dedi, lekin o'zini ham aldab yubordi. 

43-daqiqa
"Manchester Siti" futbolchilari uchrashuv bu taqlid davom etishini kutishmagani aniq. Ularning harakaida o'z kuchiga ishonch sezilmayabdi.

42-daqiqa GOOOOOOL!!! Aaron Remsi!!! Sitining navbatdagi hujumini oxiriga etmay, qarshi hujumga o'tib ketgan "kanonirlar" (Aleksis Sanches) himoyachini o'ziga yaqinlashishini kutib turdi va Yaya Sanogoga to'pni etkazdi. Francuz o'z navbatida qulayroq vaziyatdagi Remsiga ajoyib pas berdi va hisob o'zgardi.
 
38-daqiqa
Kolarovning to'p oshirishi lekin jarima maydonchasi ichidagilar to'pga eta olishmadi.
 
35-daqiqa
Sanches oldinga o'tdi va to'pni sheriklariga etkazmoqchi bo'ldi, lekin bir oz aniqlik etishmadi.

32-daqiqa
Kolarov yaxshi harakat qildi, lekin uning harakatlarini sheriklari tushinishmadi.
 
31-daqiqa 
Bizga Bakari Sanyani ko'rsatib qo'yishdi. Xabaringiz bo'lsa kerak, u endi Siti futbolchisi.
 
30-daqiqa
Qarshi hujumga otlangan Remsini Yaya Ture bir amallab to'xtatib qoldi.

29-daqiqa Muxlislarga negadir Nasri yoqmayapti. To'p unga tushishi hamonoq hushtakbozlik "bazmi" boshlanmoqda.
 
28-daqiqa
Kasorla xuddi qo'li bilan tashlab berganday aniq to'p oshirishini amalga oshirdi. Sanchesning zarbasidan so'ng to'p Kabaleroning qo'liga borib tushdi.
  
26-daqiqa
Manchesterliklar oldinga o'tishga harakat qilishmoqda, lekin hozircha, raqib bunga imkon bermayabdi.
 
25-daqiqa
"Arsenal" bunga qarshi emas va bir oz ortga qaytib oldi.

24-daqiqa To'p o'tkazibyuborganidan so'ng Siti futbolchilari ham jonlanib qolishdi.
 
22-daqiqa Goooool!!! Santi Kasorla!!! Siti futbolchilari o'z jarima maydonchalaridan uncha uzoq bo'lmagan joyda ishonchsiz harakat qilishdi va yuzaga kelgan tushugmovchilikdan Kasorla unumli foydalandi. CHamasi 17 metrlardan berilgan zarba va "Arsenal" oldinda.
 
18-daqiqa
"Arsenal" raqibiga nisbatan tezroq harakatlanmoqda va to'pni ko'proq o'zida ushlab turibdi.

16-daqiqa Remsi jarima maydonchasi yorib kirdi, sheriklarini topa olmagach, o'zi zarba berdi. Boyata darvozabonni ham ovora qilmay qo'ya qolaylik dedi va to'pni qaytardi.

14-daqiqa Nasri havodan kelayotgan to'pni o'ziga o'nglab zarba berdi, ammo to'p yo'liga Debyushi to'g'onoq bo'ldi.

12-daqiqa Jamoalar maydon markazi atrofida ko'proq vaqtlarini o'tkazishmoqda.

10-daqiqa
Burchak to'pi. Santi Kasorla uni amalga oshirdi. Omadsiz to'p oshirishi, to'p markazda turgan "shaharliklarga" borib tushdi.
  
9-daqiqa
Nastasich himoyada ishonchli o'yin namoyish etdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

8-daqiqa Muxlislar orasida Frenk Lempard va Serxio Aguero o'tirishibdi. Ular hozircha jamoalariga yordam bera olishmaydi.

7-daqiqa Debyushi qanotdan oldinga o'tib, to'pni Sanogoga ajoyib tarzda etkazib berdi. Lekin Yaya himoyachidan qocha olmadi va zarbagacha ish etibbormadi.

6-daqiqa Darvoqe "Arsenal" muhlislari sezgandirlar, bugun hujumning oldingi chizig'ida Jiru emas, Sanog harakat qilmoqda.

5-daqiqa Nasri, Franciyaga qaytmayman degan, Samir qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydonchasiga etkazib berdi, himoyachilar o'z o'rnida.
 
4-daqiqa Hozircha bir oz bo'lsada ustunlik "to'pchilar" tarafdadek tuyulmoqda.

3-daqiqa
Remsi aldamchi harakatlari bilan Boy ota ee yo'g'e, Boyatani chalg'itishga urunib ko'rdi. Ammo, na zarba bera oldi va na sheriklariga to'pni aniq etkazib berdi...

2-daqiqa
Uilshir Aleksis Sanchesning pasidan so'ng jarima maydonchasiga yorib kirmoqchi bo'ldi, lekin to'p undan qochib ketdi.

Jamoalar o'zlarining odatiy liboslarida harakat qilishadi. "Arsenal" - qizil-oq, "Man Siti" futbolchilari esa havo rang formadalar.

1-daqiqa Uchrashuv boshlandi. Sizlar bilan yaqin ikki soat atrofida kamina Omonjon To'xtamirzaev bo'laman.

Mana bugungi uchrashuvdayoq, mavsumning birinchi rasmiy o'yinidayoq jamoalarning "novichok"lari ilk daqiqalardan maydonda harakat qilishini ko'rmoqdamiz.

Futbolchilar maydonga tushib kelishdi va chimning holatini yana bir bor ko'zdan kechirishmoqda.


Barcha-barchaga assalomu alaykum deb, matnli translyaciyamizni boshlaymiz.

- O'yin soat 19:00da boshlandi.


Arsenal – Manchester Siti
10 avgust, 19.00, Uembli
Arsenal
– SHchensni, Debyushi, CHembers, Koselni, Gibbs, Kasorla, Arteta, Sanches, Uilsher, Remzi, Sanogo.
Manchester Siti – Kabalero, Kolarov, Boyata, Nastasich, Klishi, Yaya Ture, Fernando, Navas, Nasri, Yovetich, Jeko.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика