So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Angliya Premer-ligasi boshlanishiga 16 kun qoldi! Yangiliklar

Angliya Premer-ligasi boshlanishiga 16 kun qoldi!

Teglar :  APLAngliya
Biz orziqib kutgan Angliya Premer-ligasi o'yinlariga 16 kun qoldi va shu munosabat bilan ushbu chempionatning 16 raqamdagi eng mashhur futbolchisi haqida biroz malumot beramiz.

Serxio Aguero - 16

To'liq ism sharifi: Serxio Leonel Aguero del Kastilo

Tug'ilgan sana va shahar: 1988 yil 2 iyun, Kilmes (Argentina)

Serxio Aguero professional faoliyatini 2003 yilda Argentinaning "Independente" safida boshlagan. O'shanda Aguero bor yo'g'i 15 yosh 35 kunlik edi va u mamlakat chempionati tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.U 3 yil davomida klubning 54 uchrashuvida maydonga tushib, 23ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

2006 yilda Madridning "Atletiko" klubi 23 mln. evro evaziga Agueroni xarid qiladi. Argentinalik "Atletiko"dagi 5 yillik faoliyati davomida 175ta o'yinda maydonga tushadi va 74 marotaba o'z ismini tabloga yozdirib qo'ygan. 2010 yilda Aguero Madrid klubi bilan UEFA Evropa ligasi va UEFA Superkubogida zafar quchadi.


2011 yil 28 iyulda Serxio "Manchester Siti" bilan shartnoma tuzganini malum qiladi. "Atletiko" Aguero uchun "shaharliklar"dan 38 mln. funt ishlab olgan. 2012 yilning 13 mayida KPRga qarshi bahsning 93 daqiqasida Aguero urgan gol "Manchester Siti"ga Premer-liga chempionligini taqdim etadi. Futbolchi hozirgacha "Siti" safida 120ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurib, raqib darvozalarini 78 marotaba aniq nishonga olgan.

Terma jamoa

Serxio Aguero Argentina terma jamoasining deyarli barcha yosh toifalarda o'ynagan. 2008 yilda Serxio Aguero, Lionel Messi, Karlos Teves, Anxel Di Mariya, Xaver Maskerano kabi futbolchilarga ega bo'lgan Argentina olimpiya terma jamoasi Pekin Olimpiadasida oltin medallarni qo'lga kiritgan.


 Aguero va Argentina terma jamoasi 2 yil ketma-ket yirik turnirlar finalida mag'lub bo'ladi (JCH-2014, Amerika Kubogi-2015). Serxio Aguero hozirgacha terma jamoa safida 66ta uchrashuvda 29ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика