Angliya Premer-ligasi boshlanishiga 11 kun qoldi!
28 iyu 2015 18:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/178241_original.jpg)
![](/upload/storage/178241_220.jpg)
Angliya Premer-ligasi boshlanishiga 11 kun qoldi!
SHu munosabat bilan bugun chempionatning o'tmishdagi eng kuchli futbolchilaridan biri Rayan Giggz haqida qisqacha malumot berib o'tamiz.
Rayan Giggz
To'liq ism-sharif: Rayan Jozef Giggz.
Tug'ilgan kun va joy: 1973, 29 noyabr, Uels, Britaniya.
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchisi Rayan Giggz ushbu klub
uchun 963ta o'yin o'tkazgan. Britaniya tarixidagi eng sovrindor futbolchi
hisoblanadi. 13 marotaba Angliya chempionligini qo'lga kiritgan. U
Angliya chempionatida ketma-ket 21 ta mavsumda gol kiritgan yagona
futbolchi. 11 marotaba ketma-ket Evropa CHempionlar Ligasi turnirida
ishtirok etgan.
U shuningdek, faoliyati yakunida MYUda o'ynovchi murabbiy sifatida ham faoliyat olib borgan.
Terma jamoa
Giggz Uels terma jamoasi safida maydonga tushgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. Biroq, qahramonimizga hech qachon jahon chempionatida ishtirok etish nasib qilmagan.
![](http://v2.championat.asia/upload/storage/178240_680.jpg)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar