So’nggi yangiliklar

21:02"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  15 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  9 18:46"Манчестер Сити" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  13 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  20 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  5 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  4 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  4

"Angliya Neymarning simulyaciya maktabini tugatgan" Yangiliklar

"Angliya Neymarning simulyaciya maktabini tugatgan"

Teglar :  JCH-2018Angliya
Futbolchilarning Kolumbiyaga qarshi o'yinidagi harakatlari sizga yoqdimi?

Zamonaviy futbol Terri Butcher yoki Jon Terrining qonli jarohatlari bilan oldinga qarab ketmoqda. Bir vaqtlar Vinni Jons Pol Gaskoynning o'sha joyidan ushlaganida ham hakamlar hech nima demagandi.

Angliyadagi futbolning o'zgarganiga ancha bo'ldi: shavqatsizlik, qattiq kurash, jenlmenlarcha o'yin yaxshi tashkil qilinmagan texnika, nozik fintlar, yorqin artistizmning ortiga yashirindi. Xuddi futbolchilar qariyalarning xazillari ostida, tungi kiyimda yostiqlarni bir-biriga otib "erkaklarcha" jang qilayotgandek.

Simulyaciya va boshqa bir necha g'irrom yo'llar to'p bilan o'ynaladigan sport turining qandaydir jihatlarini yopib qo'yayotgandek. Bu yaxshimi yoki yomon bilmadim, buni barcha o'z tabiga qarab baholasin.

Kolumbiyaga qarshi Angliya taktik tomondan kuchli o'yin ko'rsata olgandir: Garet Sautgeyt jamoasi Pikford jarima maydonchasi yaqinida barcha zonalarni yopib qo'ya oldi, maydonning har bir qismida jiddiy tarzda kurash olib borishdi, raqiblarga amaliy jihatdan deyarli hech nima qoldirmadi. Ammo ular qo'shimcha daqiqalarda kurash davom etishini hisobga olishmagandi. Uribening uzoq masofadan bergan zarbasi va burchakdan oshirilgan to'p Kolumbiyaning foydasiga ishladi.

Britaniyaliklar o'yinni nazorat qila oldi, golli vaziyatlarda darvozalar ishg'ol qilinganida inglizlar 3:2 hisobida g'oliblikka erishgan bo'lardi. Ammo kolumbiyaliklar toza o'ynab, penaltilar seriyasigacha etib bora olishdi. Inglizlarga o'xshab shubxali penalti tepishmadi. Biroq bir jihatni tushunish kerak: "uch boshli sherlar" raqib darvozasi oldiga borishga o'ch bo'ldi. Biroq bir fakt bor: o'yin g'oliblari klass bobida janubiy amerikaliklardan o'tib keta olishdi. Biz 1/8 final bosqichining eng zerikarli o'yinlaridan birini tomosha qildik.

Endi sarlavhaga javob beramiz, Moskvadagi o'yin faqatgina uxlatib qo'yadigan darajada bo'lmadi, iflos darajada o'tdi. "Angliya Neymarning simulyaciya maktabini yakunlagan", - deb yozdi o'yin tugaganidan keyin ingliz jurnalisti.

Buyuk "Liverpul"ning sardori, har doim o'zini jentlmenlarcha tutadigan Jordan Xenderson bilan bo'lgan vaziyatda nimalar sodir bo'ldi? Ha, u chakkasiga bo'lgan zarbasidan keyin "o'lib qoldi".

Xarri Maguayrdek ulkan gavdaga ega bo'lgan himoyachi bilan qanday vaziyat bo'ldi? U penalti ishlash uchun yonidagi kichikkina raqibining oldida yiqilib tushdi. Uning jamoadoshlari esa bosh hakam Mark Geygerga bosim o'tkazishdi.

Jessi Lingardga nima bo'ldi? U hech kim tegmasa ham Kolumbiyaning jarima maydonchasi ichida yiqildi. Unga Sanches umuman halaqit qilmagandi.

Tripperchi? U qanotda to'pni egallab oldi, yonida raqib borligini his qildi va shunchaki yiqildi. Xuddi yonidagi bahaybat kuchukdan qo'rqqan it kabi. Ifloslik!

Albatta, kolumbiyaliklarda ham teatr aktyorlari kabi harakatlar bo'lgandi: Falkao o'zidan o'zi yotib olgandek ko'rindi. Ochoa Maguayrning ortidan ayyorlik bilan zarba berdi. Keyn penalti tepishidan oldin kimdir nuqtani bosib, notekis qilib qo'ydi. AQSHlik hakam esa o'yin tizginini o'z qo'lidan chiqarib yubordi va barchasi og'irlashib ketdi.

Angliya JCH tarixida ilk marta penatilar seriyasida g'oliblikka erishdi. Bu ular uchun katta natija. Ammo ular chempionlikka chiroyli o'yin ko'rsatgan holda erishmoqchi bo'lsalar, bu odatni yo'qotish kerak. Bo'lmasam, inglizlar keyingi bosqichdan keyin uyiga borib, buvisining ertaklarini eshitib o'tirishadi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика