So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  5 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Angliya LK. "Yunayted" bu safar "Brayton" maydonida qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi Yangiliklar

Angliya LK. "Yunayted" bu safar "Brayton" maydonida qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi

Angliya Liga Kubogining 4-bosqichi doirasidagi "Brayton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Brayton – Manchester Yunayted 0:3

"Falmer"

Gollar: MakTominay (44), Mata (73), Pogba (80).

Brayton – Stil, Bernardo, Bern, Uayt, Veltman, Mak Allister, Gross, Jahonbahsh (Mope, 50), Molambi, Dank, Dekeresh (Trossard, 63)..

Manchester Yunayted – Xenderson, Bayi, Diogu Dalot, Uilyams, Lindelef, Jeyms (Pogba, 69), Maktomini, Mata, Fred (Lingard, 81), van de Bek, Igalo (Rashford, 69).

Ogohlantirishlar: Bern (43)., Veltman (79).

Brighton & Hove Albion

EFL Cup . 4-tur

01/10/2020, 00:45

3
:
0
Tugadi

Manchester United

Scott McTominay - 44', Juan Mata - 73', Paul Pogba - 80'

Stadion: The American Express Community Stadium, 0 tomoshabin

45'
90'
43'  Daniel Burn
50'  Alireza Jahanbakhsh (Neal Maupay)
63'  Viktor Gyoekeres (Leandro Trossard)
79'  Joel Veltman
81'  Jayson Molumby (Max Sanders)
44'  Scott McTominay
44'  Juan Mata
69'  Odion Ighalo (Marcus Rashford)
69'  Daniel James (Paul Pogba)
73'  Juan Mata
73'  Donny van de Beek
80'  Paul Pogba
81'  Fred (Jesse Lingard)
86'  Victor Nilsson Lindeloef

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Manchester Yunayted" chorak finalda!

2-bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. LINGARDINOOOO!!! Katta masofani bosib o'tib, bir necha futbolchini aldab, Ronaldino kabi raqib darvozasi yonigacha keldi va Lingardligi yodga tushib, juda noaniq zarba yo'lladi.

86. UXXXX!!! Pogbaning pasidan keyin Dalot birga bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

84. MYU endi juda katta ustunlik qilmoqda.

80. POGBAAAAAAAAA!!! Ideal zarba va nuqta! To'p ustunga tegib, darvozaga kirib ketdi. No chance!

78. MYU standartga ega bo'lmoqda. Veltmanga sariq. Taxminan 20 metrlar uzoqlik. Zarba va gol uchun ideal nuqta.

76. 4 kun oldingi o'yindan bugungisi farq qilishini aytgandim. Oldingi 3 bo'limdan ko'ra MYU bugun ikkinchi bo'limda juda yaxshi o'ynamoqda. SHunday o'yinlar orqali jamoaning o'yinlarini, ishonchini qaytarib olsa bo'ladi. 

75. MATAAAAAA!! U to'pni raqibidan olib qo'ydi va sherigiga oshirdi. Reshford vaziyatni o'qiy olmadi va himoyachilar to'pni olib qo'ydi.

73. GOOOOOOOOOOLLL!!! Van de Bek qaramasdan to'pni Mataga oshirdi. Xuan esa o'ng oyog'ida raqiblari oyog'ini mo'ljal qilib, gol urdi!!! Vabshe malades!

68. XENDERSONNNNN!!! Trossardning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasiga Din ajoyib reakciyasi bilan javob berdi va to'pni qaytardi!!! Sokin kechayotgan bo'lib qaynashi mumkin edi.

64. Fred va Mata yaxshi o'ynamoqda. Biri raqib hujumlarini qaytarmoqda, biri hujumlarni boshlab bermoqda.

60. Mittigina Mata klyushkasida shaybani o'ynatib turgani hakamga yoqmadi chog'i, bahaybat raqibi Bern unga qarshi fol ishlatdi va hakam fol berib yubordi.

58. MYUning o'yinini qanday baholash mumkin? O'rtachadan pastroq, eng pastdan biroz yuqoriroq. Past tempda o'ynamoqda jamoa.

55. MakKalisteeeerrrr deb baqirib yuboradigan zarba bo'lmadi. Zarba anchagina noaniq ketdi.

54. Endi "Brayton" ham yaxshi standartga ega bo'lmoqda.

53. Yo'q, Mata to'pni Fredga qoldirdi. Braziliyalikning zarbasini Stil ushlab oldi.

51. MYU qulay nuqtadan jarima zarbasiga ega chiqmoqda. To'p oldida Mata.

50. Jahonbaxsh o'rniga Mope maydonga tushdi. Pozicion o'zgarish. Ko'ramiz, bu qanchalik foyda berarkin.

48. Bilasizmi, Mata asosiy tarkibda maydonga tushgan so'nggi 12 o'yinida 15ta golda qatnashibdi)

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

Juda zerikarli o'tgan birinchi bo'lim tugadi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!! Mataning jarimadan uzatilgan to'piga Skott MakTominay boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi!


43. Kichikkina Matani o'tkazib yuborib, uni "nagliy ushlab yiqitgani uchun bahaybat Bern ogohlantirildi. MYUda standart.

41. Yaxanbaxsh (ingliz sharxlovchisi shunday dedi) raqib darvozasi tomon zarba berdi. Noaniq.

39. Rus kanaldan inglizcha kanalga oldim. SHarxlar ham zerikarli((

36. Na mano, na mazmun bor o'yinda. Umid qilamanki, ikkinchi bo'lim yozishga arzigulik o'tadi.

33. Nihoyat, ko'zlarim to'rt bo'lib kutgan hujum bo'ldi. Bayi esa hujumni qaytardi va hujumda fol ishlatildi.

29. Zerikarli, zerikarli, zerikarli...

23. 4 kun oldingi o'yindan farqli ravishda bugun ikki tomon ham bor kuchini maydonga tashlamayapti.

20. Mataning oyoqlari xokkey klyushkasiga o'xshaydi, to'p esa shayba. To'p bilan shunaqangi engil o'ynamoqdaki, paslar ham juda ajoyib chiqyapti. Endi vaziyat yo'qligida bu ham bir gapda...

18. IGALOOOOOO!!! Mataning chiroyli pasidan keyin Odion raqib posbonini aldab o'tdi va o'tkir burchakdan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi.

13. Biror xavfli zarba tugul, birorta xavfli hujum ko'rmadik. Dastlabki daqiqalarda tomonlar bir-birini o'rganib oldi.

10. "Manchester Yunayted" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni himoyachilar ikki urinishda qaytarib yubordi.

7. Mata markazda ikki raqibini aldab o'tgan vaqtida Jahonbahsh tomonidan "chopildi".

2. Hozircha ikki tomon vakillari bir bora hujum uyushtirishga harakat qilib ko'rdi. Himoyachilar to'pni qaytarishmoqda.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum. Yana "Brayton" va yana "Manchester Yunayted". Bu safar boshqacha kartina, boshqa turnirdagi o'zaro o'yin. Aniq aytamiz, bugungi o'yin 4 kun avvalgisidan farq qiladi. Sizlar bilan uchrashuvni Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика