So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  40 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  30 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

Angliya kubogi. Obameyangning dubli "Arsenal"ni finalga olib chiqdi Yangiliklar

Angliya kubogi. Obameyangning dubli "Arsenal"ni finalga olib chiqdi

Angliya kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Arsenal" - "Manchester Siti" uchrashuvi matnli translyaciyasini shu sahifada kuzatib bordingiz.


Arsenal – Manchester Siti 2:0 

«Uembli»

Gollar: 1:0 – 19 Obameyang, 2:0 – 71 Obameyang.

Arsenal – Martines, Belerin, Mustafi (Xolding, 87), David Luis, Meytlend-Naylz, Sebalos (Kolashinac, 88), Jaka, Pepe (Uillok, 72), Tirni, Lyakazett (Torreyra, 78), Obameyang.

Manchester Siti – Ederson, Lyaport, Uoker, Mendi, Erik Garsiya, Gyundogan (Rodri Ernandes, 66), Silva (Fernandino, 87), Marez (Foden, 66), de Bryuyne, Sterling, Gabriel Jezus.


O'yin tugadi. Ajoyib o'yin uchun jamoalarga rahmat deymiz. "Arsenal" muxlislariga g'alaba va final muborak! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+5. "SHaharliklar" hujumga o'tmoqda, Martines faollik ko'rsatdi.

90+3. Lyaport o'yin qoidasini buzgan holda Uillokni yiqitdi. 

90+2. "Arsenal" hujum tashkil etishnga urinyapti, yon chiziqdan to'p o'yinga kiritilmoqda va shu orqali vaqtdan hum yutilyapti. 

Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shildi. 

90. Meytlend-Naylz maydon markazida de Bryuynedan tshhpni olib qo'ydi, ammo yiqitildi. 

88. "Arsenal"da almashtirish: Sebalos o'rniga Kolashinac tushirildi. 

87. "Manchester Siti"da o'zgarish:  D. Silva o'rniga Fernandino tushdi. 

87. "Arsenal"da o'zgarish: Mustafi o'rniga Xolding tushdi. 

85. Uuux! Mustafi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, Sterling esa butsasi bilan uni oyog'ini bosib oldi. Juda-juda qo'pol o'yin. Mustafiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

83. Zarba! Lyaportning 19 metrdan qoyilmaqom zarbasi! Bir oz noaniq. 

82. Kevin de Bryuynedan ichkariga ajoyib uzatma, biroq jamoadoshi bundan foydalana olmadi. 

78. "Arsenal"da o'zgarish: Lyakazett o'rniga Torreyra tushdi. 

77. "Arsenal" qamalda qoldi, lekin himoyachilar xavfni bartaraf etishyapti. 

73. Sterlingning chamasi 7 metrdan yo'llagan zarbasi Luis tomonidan "blok" qilindi. Ha, David Luis xatolardan xulosa qilgan ko'rinadi. 

72. "Arsenal"da o'zgarish: Pepe o'rniga Uillok tushirildi. 

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Obameyang birga-bir vaziyatdan foydalanib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi! 

69. O'yin davom etadi. Martines erkin zarba orqali o'yinni boshlab berdi. 

67. Kevin de Bryuyynening xavfli uzatmasi himoyachilar tomonidan qaytarildi.  O'Yin to'xtatildi. O'yinchilar ozroq tin olishadi. 

66. "Manchester Siti"da 2 ta o'zgarish: Gyundogan o'rniga Rodri, Marez o'rniga Foden tushdi.

64. Penalti yo'q. Burchak to'pi o'yinga kiritildi, to'p Martinesga etib keldi.  

63. Mustafi Sterlingni yiqitgan bo'lishi mumkin. Penalti bor-yo'qligi VARda tekshirilmoqda. 

61. Zarba! Kevin de Bryuynening jarimadan yo'llagan juda xavfli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

60. Jezusga nisbatan qo'pollik ishlatildi - Luis aybdor.  

58. Pep o'zgarishlar haqida o'ylashi kerak. Agar hujum haqida gap borsa, unda faqat Bernardu va Foden varianti bor xolos.

57. "SHaharliklar"dan to'xtovsiz hujum. Va nihoyat Belerin Mendidan to'pni olib qo'yishga erishdi.

54. Zarba! Marezning chap oyog'ida erlatib tepgan to'pini Martines tezkor reakciyasi evaziga ushlab oldi. Qoyil! 

53. Meytlend-Naylz Uokerni ajoyib tarzda aldab o'tdi, ammo uzatma ancha noaniq chiqdi. 

51. Zarbalar bo'yicha 7:3 hisobida "Siti" oldinda, ammo zarba aniqligi bo'yicha "to'pchilar" oldinda borishmoqda - 3:0!

50. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 36% - 64%  

49. Uuuuux! de Bryuynening erlatib bergan pasidan keyin Sterling zarba yo'lladi, noaniq. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'limdan suratlar

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Uuxx! de Bryuynening zarbasi ancha kuchsiz chiqib qoldib lekin zo'r o'ylangandi. 

44. Mezbonlarning hujumi Meytlend-Naylzning noaniq pasi bilan o'z nihoyasiga etdi, to'p Edersonda. 

41. Zarba! Sebalos burchakdan to'pni oshirdi, Mustafining bosh bilan bergan zarbasidan so'ng,  Ederson seyv ko'rsatdi. 

40. Belerinning oldindan o'ylangan ajoyib uzatmasini Uoker o'z vaqtida bartaraf etdi. 

38. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 50% - 50%.  Ha, ustoz-shogird kurashi davom etadi. 

37. O'ziga xos finti orqali raqibini aldab o'tgan Sebalos Jezus tomonidan qo'pol tarzda yiqitildi. 

36. "Arsenal" hujumda turli kombinaciyalarni amalga oshirmoqda.  

34. "Arsenal" yaxshi hujum uyushtirdi. Pepening Lyakazett tomon yo'naltirilgan uzatmasini Ederson o'z vaqtida payqadi. 

33. Tezkorlik bilan hujumga intilayotgan Lyakazett maydon markazida de Bryuyne tomonidan yiqitildi.

30. Ederson xatoga yo'l qo'ydi, ammo "Arsenal" hujumchilari bundan unumli foydalana bilishmadi, hatto zarba berilmadi... 

29. Kevin de Bryuynening zarbasi!  Kuchli zarba yo'liga Jaka to'g'anoq bo'ldi.  

26. Davom etamiz. Martines erkin zarba orqali to'pni o'yinga kiritdi, to'p Luisda va u Pepega pas berdi, Pepe esa yiqitildi.  

25. O'yinda "pauza". Futbolchilar suv ichib olishlari mumkin. 

22. Kevin de Bryuyne qarshi hujumga o'tib ketmoqchi bo'ldi, tezlik olgandi, ammo pasi noaniq chiqdi.  

20. Bu Obameyangning karantindan keyingi 4-goli bo'ldi.

19. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Pepening uzatmasidan keyin Obameyang hichobni ochdi - 1:0! 

16. Zarba! Luis o'zining pasi bilan Obameyangni birga-bir holatga olib chiqdi. Obameyangdan to'g'ri Edersonning o'zi tomon zarba. 

15. SHu paytgacha faqat "Siti" to'p bilan muomilani yo'lga qo'ydi. Hozircha "Arsenal" to'pga egalik qilishga unchalik oshiqmayapti. 

13. Lyakazett gol urdi, ammo undan oldinroq ofsayd qayd etilgandi.

12. Marezdan uzatma, ammo to'g'ri Luisning boshi tomon... 

11. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 17% - 83%

9. Mustafining qo'pol xatosi "Arsenal"ga qimmatga tushishi mumkin edi, Mterling undan to'pni olib qo'ydi, lekin keyinchalik vaziyat qo'ldan chiqdi. 

8. Marez qanot orqali "Siti"ning hujumini boshladi, ammo burchak to'pi bilan cheklanishdi.  

6. "Siti" dastlabki daqiqalardanoq to'p bilan o'yinni nazorat qilyapti. "Arsenal" esa nazoratni mehmonlarga bergan holda tezkorlik bilan himoyadan hujumga intilmoqda. 

4. "Manchester Siti" burchak to'pini o'yinga kiritdi, nominal mezbonlar qarshi hujumga o'tib ketmoqchi bo'ldilar, ammo muvaffaqiyatsiz. 

3. Uuuux! Sebalos maydon markazida to'pni yo'qotdi. Sterlingning dahshatli pasidan keyin himoyachilar to'pni maydondan chiqarib yuborishga ulgurishdi. 

2. "Manchester Siti" o'yinni boshlab berdi va to'pga egalik qilishda davom etmoqda. 

1. O'yin boshlandi! 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bizni oldinda ajoyib to'qnashuv kutyapti!

Arteta shogirdlari chigil yozdi mashg'ulotlarda

Tarkiblar elon qilindi

- O'yin Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Angliya kubogi yarim finalidan joy olgan "Arsenal" - Manchester Siti" to'qnashuvi bo'lib o'tadi. "Uembli"dagi o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика