Angliya kubogi. "Tottenxem" musobaqani tark etdi

27 yanv 2019, 23:07
Angliya kubogi 4-bosqichida Maurisio Pochettino jamoasi yurishini to'xtatdi.

Roy Xojson boshchiligidagi "Kristal Pelas" jamoasi bir qator yo'qotishlari bor "Tottenxem"ni mag'lub etib musobaqaning nimchorak finaliga yo'l oldi. Dastlab Uikxem o'yinning 9-daqiqasida darvozabondan qaytgan to'pni deyarli bo'sh qolgan davaoza to'riga joylab qo'ydi.  Bir necha daqiqadan so'ng Taunsend penaltidan gol urib hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.  

Kristal Pelas – Tottenxem 2:0
"Selxerst Park"

Gollar: 1:0 – 9 Uikxem, 2:0 – 34, penalti Taunsend.
Kristal Pelas – Speroni, Kelli, van Anxolt, Uord, Denn, Mayer (Milivoevich, 79), Shlupp, Taunsend (Ayyu, 88), Kuyate, Zaa, Uikxem (Benteke, 70).
Tottenxem – Gassaniga, Sanches, Vertongen (Lamela, 46), Uoker-Piters, Foyt, Lukas Moura (Sterling, 81), Dayer (Vanyama, 63), Nkudu, Skipp, Tripper, Lorente.
Ogohlantirish: Sanches (55), Foyt (59), Benteke (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia