Angliya kubogi. “MYU” o'z tarixida 20-finalda ishtirok etadi
22 apr 2018 07:28
Yangiliklar


Angliya kubogi. “MYU” o'z tarixida 20-finalda ishtirok etadi
Xabar berganimizdek, “Manchester Yunayted” klubi Angliya kubogining yarim finalida “Tottenxem” jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etib, finalga chiqqan edi.
SHu tariqa, mankunianliklar o'z tarixlarida 20-marotaba Angliya kubogining final o'yinida maydonga tushishadi. Bu bilan “Qizil iblislar” “Arsenal”ning rekordini takrorlashadi.
London jamoasi 20ta finaldan 13tasida g'alabaga erishgan. “MYU” hisobida 12ta g'alaba bor. Agar “Yunayted” kubokni qo'lga kiritsa, “Arsenal”ga tegishli bu rekordni ham takrorlaydi. Ikkinchi yarim final “CHelsi” va “Sautgempton” o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar