So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  3 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  38 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  28 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  372 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

Angliya kubogi. "CHelsi" "Manchester Yunayted"ni mag'lub etib, finalga yo'llanma oldi Yangiliklar

Angliya kubogi. "CHelsi" "Manchester Yunayted"ni mag'lub etib, finalga yo'llanma oldi

Angliya kubogi yarim final ikkinchi uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – CHelsi 1:3

19 iyul, 22.00, «Uembli»

Gollar: Jiru (45+13), Maunt (47), Ryudiger (74), Fernandesh (86-pen).

Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams, Maguayr, Bayi (Marsyal, 45), Uan-Bissaka (Fosu-Mensa, 79), Brunu Fernandesh, Fred (Pogba, 55), Djeyms (Grinvud, 56), Matich, Lindelef, Reshford (Igalo, 79).

CHelsi – Kabalero, Djeyms, Ryudiger, Aspilikueta, Alonso, Maunt (Pedro, 90), Kovachich, Villian (Xadson-Odoi, 80), Jorjino, Zuma, Jiru (Abraxam, 80).

Manchester United

Bruno Fernandes - 86'

FA Cup . 1/2-tur

19/07/2020, 22:00

3
:
1
Tugadi

Chelsea

Olivier Giroud - 45', Mason Mount - 46', Harry Maguire - 74'

Stadion: Wembley, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
45'  Eric Bailly (Anthony Martial)
55'  Fred (Paul Pogba)
56'  Daniel James (Mason Greenwood)
71'  Paul Pogba
79'  Marcus Rashford (Odion Ighalo)
79'  Aaron Wan-Bissaka (Timothy Fosu-Mensah)
86'  Bruno Fernandes
45'  Olivier Giroud
45'  Cesar Azpilicueta
46'  Mason Mount
74'  Harry Maguire
80'  Olivier Giroud (Tammy Abraham)
80'  Willian (Callum Hudson-Odoi)
86'  Mateo Kovacic (Ruben Loftus-Cheek)
90'  Mason Mount (Pedro Rodriguez)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Zo'r o'yin bo'ldi, haqiqiy futboldan rohatlandik. Finalda Londonda London derbisi bo'ladi. Navbatdagi uchrashuvlarda ko'rishguncha.

90+6. Xadson-Odoining zarbasi noaniq ketdi.

90+4. Uchrashuv yakunlangani sayin londonliklarning bosimi ortmoqda. 

6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Pogba hujumda fol ishlatdi.

88. Demak, masala hamga o'xshaydi. MYUning 19 o'yinlik g'alabasiz seriyasi  "Uembli"da poyoniga etadi. Finalga London jamoalari chiqmoqda.

86. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Fernandesh penaltidan unumli foydalandi!

85. PENALTI! Marsyal yiqitildi! To'p oldida Fernandesh!

84. Fernandeshning to'p uzatishiga Marsyal eta olmadi. Kabalero to'pni ushlab oldi. Bugun Villi deyarli qiynalmadi.

82. Aytgancha, "CHelsi" yangi homiysiga sodiq qolgan holda 3 raqamini mashhur qilishda davom etmoqda.

80. Ushbu mavsumda raqiblar 3 marta kuch sinashishdi. APL doirasidagi o'yinlarda MYU 4:0 va 2:0, Liga Kubogida esa 2:1 hisobida g'alabaga erishgandi. Finalga yaqin qolganida esa "CHelsi" g'alabani ilib ketishga yaqin turibdi.

77. Futbol 1 kanali sharhlovchisi ikki bo'lim ham teng kurashlar ostida o'tmoqda, ayniqsa birinchisida biror jamoaning ustunligi ko'zga tanlanmadi deyapti. Lekin  bu gapga qo'shilmasdim. O'yin kartinasida "CHelsi"ning ustunligi bor.

75. Bugun o'tkazib yuborilgan gollarda markaziy himoya, chap qanot mudofaasi hamda De Xeaning aybi yaqqol ko'zga tashlanmoqda. 

74. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! RYUDIGERRRR!! Qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi!

74. ZARBAAA!! DE XEAdan super seyv!!

70. MYU juda ham shoshilmoqda. Lekin vaziyat yarata olmayapti. Qoyil, Lempard! Tuzgan rejasi ajoyib ekan.

66. UXXXX!! Burchakdan oshirilgan to'pga chiqishda Kabalero xatolikka yo'l qo'ydi va to'p Maguayrga o'tib ketdi. Garri esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi.

65. Jarimadan oshirilgan to'pni himoyachilar burchakka chiqarib yuborishdi.

63. MYU yana bir standart vaziyatga ega bo'lmoqda. To'p uzatilishi uchun yaxshi nuqta.

62. Hozircha MYU ikki qanotdan hujum uyushtirmoqchi bo'lyapti. Lekin qanotdagilar noaniq paslarni ko'paytirib yuborishyapti.

59. DE XEAAAAAAAAAAAA!!! Jiruning zarbasi Matichga tegib, rikoshet hosil qildi. De Xea super reakciyasini ishga soldi va to'pni qaytardi!

57. ZARBAAAAAAA!! "CHelsi" bir necha ajoyib paslar bilan MYU jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va Villianning pasidan keyin Maunt darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

56. ZARBAAAAAAAAAA!!!! Pogbaning to'p uzatishidan keyin Maguayr boshi bilan zarba yo'lladi. Kabalero o'z o'rnida.

56. Kutilganidek, Fred o'rnini Pogba egalladi.

55. Jarima maydoncha yoni va burchak nuqtasi yaqinida Den Jeyms yiqitildi. Jarima zarbasi.

54. Pogba maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Taxmin: Fred.

52. ZARBAAAAAAAAAA!!! Fernandeshning super pasidan keyin Reshford to'pni egallab oldi va Kabalero darvozasi tomon yugurib ketdi. Uning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

51. MYUning 19 o'yinlik g'alabali seriyasi "Uembli"da yakuniga etadigan ko'rinadi. Har holda mankunianliklarning o'yinlarida biz hech nimani ko'rmayapmiz. 

49. Bizga takror va takror Romeroni ko'rsatishmoqda. Ha, rostdan ham David qovun tushurdi.

47. GOOOOOOOOOOOLLL!!! MAUUUUNTTTTT!!!! Uning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini De Xea qaytara olmadi. Daviddan qo'pol xato!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytishdi.

Nihoyat, birinchi bo'lim yakunlandi. Salkam bir soat davom etdi.

45+13. GOOOOOOOOOOOOOOLLL!! Aspilikuetaning to'p uzatishidan keyin Jiru hisobni ochdi. Uning tepgan to'pi De Xeaning qo'liga tegib, darvozaga kirib ketdi, 0:1!

45+11. Markazda Matichga qarshi fol ishlatildi.  Undan mankunianliklar tezkor ravishda foydalanishdi va Fernandesh Jeymsni birga bir vaziyatga chiqarib yubormoqchi edi. O'xshamadi.

45+9. Zuma o'z jarima maydonchasi ichida Marsyalni yiqitdi. Bu penaltiga o'xshayapti. Yo'q, kechirasiz, VAR bu erda aralashmaydi. Vaziyat jarima maydonchasi tashqarisida bo'lgan ekan.

45+7. Bayi olib ketilmoqda. Unga sog'liq tilaymiz. O'yinni davom ettiramiz.

45+5. Qo'shib berilgan vaqt tugadi. O'yin hali ham davom ettirilmayapti. Sulsher esa o'yinni davom ettirilishini istamoqda. Bu orada Maguayr o'ziga kelib oldi.

45+3. Bayi kasalxonaga jo'natilmoqda. Unga sog'liq tilaymiz. O'yin hali ham davom ettirilmayapti.

45+1. Bayini zambilda olib ketishmoqda. Uning holati juda, huja yomon. Oxiri bahayr bo'lsin. Uning o'rnini Marsyal egalladi.

5 daqiqa qo'shib berishdi.

45. Maguayrning boshini bog'lashmoqda.

44. MakTominay hamda Fosu Mensa maydonga tushishga tayyor. Bu MYU uchun katta yo'qotish bo'lishi mumkin.

42. UXXXXX!! Maguayr hamda Bayining boshi urilib ketdi. Ikkisi ham yotibdi. MYUning o'tgan o'yinida ham Maguayr bilan shunday holat kuzatilgandi.

39. Zuma ham boshi bilan noaniq zarba yo'lladi. Bugun MYU futbolchilari ikkinchi qavatda unchalik yaxshi o'ynay olishmayapti.

37. Reshfordning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devordagilarga tegib, o'yinga qaytdi.

35. "CHelsi" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. Matich xo'rozqandni olib qo'ygandek to'pni Mauntdan olib qo'ydi.

32. ZARBAAAAAA!! Fernandeshning zarbasini Kabalero qaytardi!

31. Kovachich o'z jarima maydonchasi yonida Fredni yiqitdi. Mankunianliklarda qulay imkoniyat.

30. MYU hujumga o'tmoqchi.Zarba yo'q.

27. Villianning jarimadan uzatgan to'pi unchalik yaxshi chiqmadi. To'p maydondan tashqariga chiqib ketdi.

26. Pogba zaxirada o'tiribdi, tabassum qilib. Kayfiyatlar yomon emas.

24. Aspilikueta Brununi ortdan tepib yubordi. Fernandeshga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

22. Mauntning zarbasi xavfli bo'lishi mumkin edi. To'p yo'liga Maguayr g'ov bo'ldi.

20. To'pni ushlab turish bo'yicha statistika 41-59 bo'lib turibdi. "CHelsi" foydasiga.

17. "CHelsi" uzoq vaqt davomida paslar orqali hujumni rivojlantirayotgandi. Lekin Jiru offsaydda qolib ketdi.

15. ZARBAAAAAAAA!!! Aspilikuetaning to'p uzatishidan keyin Alonso boshi bilan zarba yo'lladi. To'p raqib darvozasi ustidan o'tib ketdi.

14. Hozircha jamoalar yurib futbol o'ynashmoqda. O'zbekiston chempionatining biroz mashhurroq variantini ko'ryapmiz.

12. Villianning to'p uzatishidan keyin Jiru boshi bilan zarba bermoqchi bo'ldi. Maguayr bunga yo'l qo'ymadi.

10. ZARBAAAAAA!! Ris Jeymsning kuchli zarbasini De Xea mushtlari bilan urib yubordi.

8. Bu safar Bayiga qarshi fol ishlatildi. Maunt raqibining butsasini echib olishga ham ulgurdi.

6. Dastlabki 6 daqiqada Mayk Din ilk marta hushtak chaldi. Bu pallada Brunu markazda yiqitildi.

5. Hozircha temp yuqori emas. Tomonlar tezkor startni taqdim qilishmadi.

2. MYU barcha turnirlarda so'nggi 19 o'yinda biror marta mag'lub bo'lmadi. Mag'lub etilgan  raqiblar ichida kuchli jamoalar ham bor.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! Brunu to'pni o'yinga kiritib berdi.

- Uchrashuvni boshlash uchun barsa narsa shay!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Barchaning etiborini "Uembli"ga qaratamiz. Bugun ushbu stadionda Angliya Kubogining ikkinchi finalchisi aniqlanadi. Demak, Sulsher Lempardga, MYU "CHelsi"ga, Manchester Londonga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvni sizlar bilan birgalikda Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика