So’nggi yangiliklar

16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   0 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  2 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  11 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  18 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  6 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  5 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  11 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1

"Manchester Siti" Angliya Kubogi finalida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etib, trebl sari ikkinchi qadamni tashladi Yangiliklar

"Manchester Siti" Angliya Kubogi finalida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etib, trebl sari ikkinchi qadamni tashladi

Angliya Kubogining finali matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Siti – Manchester Yunayted 2:1

3 iyun, 19:00 | "Uembli"

Gollar: Ilkay Gyundogan (1, 1:0), Bruno Fernandesh (33-pen, 1:1), Ilkay Gyundogan (51, 2:1).

Manchester Siti – Ortega, Uoker, Ruben Diash, Akanji, Stounz, Gyundogan, de Bryuyne (Foden, 76), Grilish (Ake, 90), Bernardu Silva, Rodri, Xoland.

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Lindelef (Maktominey, 83), SHou, Eriksen (Garnacho, 62), Kazemiro, Fred, Brunu Fernandesh, Sancho (Vegorst, 78), Reshford.

Ogohlantirish: Uan-Bissaka (45), Fred (79), Ortega (81), Rodri (90).

Manchester City

Ilkay Gundogan - 1', Ilkay Gundogan - 51'

FA Cup . final-tur

03/06/2023, 20:00

1
:
2
Tugadi

Manchester United

Bruno Fernandes - 33'

Stadion: Wembley, 83179 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
1'  Ilkay Gundogan
1'  Kevin De Bruyne
51'  Ilkay Gundogan
51'  Kevin De Bruyne
76'  Kevin De Bruyne (Phil Foden)
81'  Stefan Ortega
89'  Jack Grealish (Nathan Ake)
90'  Rodri
90'  Kyle Walker (Aymeric Laporte)
33'  Bruno Fernandes
45'  Aaron Wan-Bissaka
62'  Christian Eriksen (Alejandro Garnacho)
78'  Jadon Sancho (Wout Weghorst)
79'  Fred
83'  Victor Nilsson Lindeloef (Scott McTominay)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Siti" mavsumdagi ilk finalida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi. Trebl uchun "shaharliklar" endi "Inter"ni mag'lub etsalar bo'lgani. Bu "Manchester Siti" uchun ettinchi Angliya Kubogi bo'ldi.

90+4. Kayl Uoker jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

90+2. UXXXXXXX!!! "Yunayted" hisobni tenglashtirishiga bir bahya qolgandi. Ketma-ket zarbalar darvozaga kirmadi.

Uchrashuvning 2-bo'limiga ham 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. UXXXXXX!!!! "Siti" golga juda yaqin kelmoqda. Gyundoganning Xolandga oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

83. UXXXXXX!!! Rikoshet bilan Xoland darvozaga gol urib qo'yishiga sal qoldi. U zarbaga qadar MYU futbolchilarini fishka qilib o'tib ketgandi.

80. "Siti" yana bir gol urishga yaqin kelgandi. Qanotdan uzatilgan to'pni bo'sh qolgan darvozaga kiritishga Akanji ulgurmadi.

79. "Siti"da jarima zarbasi. Fredga sariq kartochka ko'rsatildi.

76. Garnacho "Siti" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va zarba berdi. Himoyachilar to'pga blok qo'ya olishdi.

71. Gyundogan uchinchi golini ham urgandi. Biroq offsayd qayd etildi. "Yunayted" himoyasida juda-juda parokandalik bo'lmoqda.

69. ZARBAAAAAAA!! Reshfordning raqib darvozasi tomon kuchli zarbasi noaniq ketib qoldi.

64. Stounz uzoq masofadan de Xea darvozasi tomon anchagina noaniq zarba yo'lladi.

62. DE XEAAAA!! Kevin de Bryuynening zarbasini oyog'i bilan qaytarib yubordi.

56. "SHaharliklar" jarima zarbasiga ega bo'lishdi. Undan uzatilgan to'pni Diash darvoza yoniga tashladi. Himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

51. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Ilkay Gyundogan yana bir bor jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi!

49. UXXXXXXXX!! Kevin de Bryuynening qanotdan erlatib uzatgan to'pi Xolanddan ham, Gyundogandan ham o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi, tanaffus!

45+4. Van-Bissakaga sariq. Futbolchi Grilishga qarshi qo'pol o'ynadi (penalti qahramonlari)

1-bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi. To'g'ri, penaltini tepish uchun 3 daqiqa vaqt sarflandi.

42. ZARBAAAAAAA!!! Kazemironing burchakdan uzatmasidan keyin Varan darvozaga kuchli zarba berdi. Noaniq.

39. Fred o'z jarima maydonchasi ichida Xolandga qarshi qo'pol o'ynagandek ko'rindi. "SHaharliklar" penalti so'rashdi. Pol Tirni esa penalti yo'q dedi.

35. XAVFLI VAZIYATTTT!!! Kevin de Bryuyne pas aralash zarba yo'lladi. To'p darvoza tepasidan o'tib ketdi.

33. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Brunu Fernandesh penaltidan unumli foydalandi! Uchrashuv endi boshlanmoqda!

30. PENALTI!!! "Manchester Yunayted" penalti tepadi.

28. UXXXXXXX!! Kevin de Bryuynening kuchli zarbasi darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

24. "Yunayted"dan ilk xavfli hujum. Kazemironing uzatgan to'pini Reshford raqib darvozasiga zarba berishga urundi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

23. Kevin de Bryuyne MYU jarima maydonchasi ichiga yorib kirishga intildi. Biroq bunga Varan yo'l qo'ymadi.

21. Erling Xolandning kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

17. UXXXXXX!! "Siti"da yana bir yaxshi hujum. Gyundogan hujum markazidagi Xolandga to'pni oshirdi. Erling to'pga biroz eta olmadi va natijada to'pni de Xea ushlab oldi.

15. O'yindagi temp pasaydi. "Siti" to'pni "Yunayted"ga deyarli bermayapti. MYU esa pressing uyushtirmoqda.

8. Kazemironing zarbasini himoyachilar qaytarib yuborishdi. "Yunayted" biroz bosim qilmoqda.

4. UXXXXXXX!! Rodri hisobdagi farqni oshirib qo'yishi mumkin edi. Jarimadan uzatilgan to'pni Rodri boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

1. O'yin tugadi) "Manchester Siti" hisobni ochdi. 13-soniyadayoq Ilkay Gyundogan hisobni ochdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! 

------------------------------

18:58. SHahzoda Uilyam ikki jamoa futbolchilari bilan qo'l tashlashib chiqdi va Buyuk Britaniya madhiyasi aytildi (jonli ijroda!)

18:56. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

18:53. Ikki jamoa muxlislari stadionni ko'k va qizil rangga burkab qo'yishgan. Juda chiroyli holat. Afsonaviy murabbiy ser Aleks Fergyuson va Mayk Sammerbi birgalikda jamoalarning chiqaverishidagi minbarga sovrinni olib borib qo'ymoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Uembli"ga qaratamiz. Angliya Kubogi finalini yutish uchun Manchester shahrining ikki klubi ushbu stadionga etib kelishgan.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика