Angliya, Kosta-Rika va Janubiy Koreya mashg'ulot maydoni uchun 6 metrlik panjara o'rnatilishini so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
5 mar 2018, 21:45
Jahon chempionati tashkiliy qo'mitasi so'rovga ko'ra Sankt-Peterburgdagi mashg'ulot maydonlarini 6 metrli panjara bilan o'rash borasida qurilish qo'mitasiga murojaat qildi.

Bu haqda qurilish bo'yicha shahar qo'mitasi rahbarining birinchi o'rinbosari Sergey Klimov aytib berdi.

"Mashg'ulot maydonlari atrofiga kamida 6 metrlik bo'lgan panjara o'rnatish yoki futbolchilarni begona ko'zlardan saqlash choralarini ko'rish so'raldi. Hozir bu savol ko'rib chiqilmoqda. Ayni damda panjaralarning bo'yi 2 metr" - dedi Klimov.

Ma'lum bo'lishicha, Kosta-Rika, Janubiy Koreya va Angliya terma jamoalari bu borada iltimos yuborishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС